O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Aholi bilan yuzma-yuz

jamiyat
Noyabr01/ 2015

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, deputatlar 23-26 noyabr kunlari o’z saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlarda yangi qonunlar targ’iboti, amaldagi qonunlar ijrosini o’rganish masalalariga katta e`tibor qaratildi.

Ahamiyatli tomoni, uchrashuvlarda odamlar shunchaki deputat hisobotini, ma`ruzasini eshitish uchun kelmayapti. Har bir fuqaroda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, ijtimoiy himoya bilan bog’liq masalalar, parlamentda muhokama qilinayotgan qonunlar loyihalari to’g’risida, deputat a`zo bo’lgan qo’mita va fraksiya faoliyati haqida bilishga ishtiyoq kuchli ekani samimiy suhbatlarda namoyon bo’lmoqda.

Jizzax viloyatidagi 30-Do’stlik saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramovaning saylovchilar bilan uchrashuvida yurtimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, aholining ijtimoiy muhofazasini ta`minlashga qaratilgan amaliy sa`y-harakatlar haqida fikr almashildi.

Shu kuni deputatga aholi vakillari o’zlarini o’ylantirayotgan masalalar bo’yicha murojaat qildi. Deputatning ta`kidlashicha, saylovchilar ichki yo’llarni ta`mirlash, kollejga qatnash uchun transport vositasi bilan ta`minlash bo’yicha masalalarni ko’tardi.

– Saylovchi o’rtaga qo’yayotgan har bir masala albatta inobatga olinadi, – deydi deputat. – Chunki biz xalq vakilimiz. Ularni o’ylantirayotgan har bir muammoni o’z vaqtida hal etishga mas`ulmiz. Yana bir gap. Uchrashuvlar davomida odamlar qonun ijodkorligi bo’yicha o’z takliflarini ham bildirishdi. Ularning fikrlari, takliflari bizga kuch bag’ishlaydi, qonun qabul qilish, ijrosini nazorat qilish jarayonlarida yanada mas`uliyat bilan ishtirok etishga undaydi.

Xorazm viloyatidagi 110-Xiva saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jumanazar Otajonovning saylovchilar bilan uchrashuvi ham qizg’in va samimiy suhbat asnosida o’tdi.

– Bugun fuqarolarda qonun ijodkorligi jarayoniga qiziqish, unda qatnashish ishtiyoqi juda kuchli, – deydi u. – Xiva tumanidagi Qurilish va servis kasb-hunar kollejida bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida bunga yana bir bor amin bo’ldim. Saylovchilar yangi tahrirdagi «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida», «Aholining sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi to’g’risida», «Investitsiya va pay fondlari to’g’risida»gi qonunlar haqida ko’plab savollar berishdi, ayni paytda parlament quyi palatasida ko’rib chiqilayotgan qonunlar loyihalari haqida so’rashdi.

Uchrashuvlar davomida saylovchilar ta`lim, bank-moliya, sog’liqni saqlash, uy-joy-kommunal xo’jaligiga oid masalalar bo’yicha murojaat etdi. Saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar davomida ko’tarilgan muhim ijtimoiy masalalar, aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar parlamentning qonun ijodkorligi jarayonidagi kelgusi faoliyati yo’nalishlarini yanada aniq belgilab olishda muhim o’rin tutadi.

 

Aziza RASULOVA

Teglar:

Foydali havolalar