O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Axborotni texnik va dasturiy boshqarish yechimlari

jamiyat
Oktabr01/ 2015

Aloqa va axborotlashtirish, telekom­munikatsiya texnologiyalari korxonalari tomonidan o’tgan yili 2,38 trillion so’m, joriy yilning to’qqiz oyida esa 3,4 trillion so’m miqdoridagi axborot-kommunikatsiya xizmatlari ko’rsatildi. «Polymedia» AJ ham bu borada faol ishtirokchilardan sanaladi.

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasida tashkil etilgan seminarda kompaniya tomonidan boshqaruvda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish tendensiyalari, tashkilotlarda turli texnik tavsifdagi hisobotlarni yuritishni soddalashtiruvchi dasturiy va texnik ishlanmalar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so’z bordi.

– Mutaxassislarimiz konferensiya zallari, nazorat xonalari, favqulodda vaziyatlar hamda monitoring markazlari, sport inshootlarini o’ziga xos dasturiy va texnik mahsulotlar bilan boshqarish uchun qator loyi­halar va ular yuzasidan ko’pgina darsliklar tayyorlagan, – dedi «Polymedia» AJ bosh direktori Yelena Novikova. – Elektron flipchart, interaktiv ekran, kompyuter, tovush tizimi, video-konferensiya terminali va eng so’nggi ishlanmalarimizdan biri bo’lgan Flipboks (Flipbox) yuqori sifatli texnik mahsulot hisoblanadi.

Kompaniya ta`lim tizimida foydalanilishi uchun yuqori texnologik uskunalar ham ishlab chiqaradi. Shu asosda inklyuziv ta`limga mo’ljallangan masofaviy ta`lim markazlaridagi multimedia aloqa vositalari, media kutubxonalar va xorijiy til sinfxonalaridagi axborot resurs manbalarini yaratishga doir loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda ta`kidlanishicha, audiovizual texnologiyalar bozorini shakllantirish, innovatsion yechimlar hamda uskuna turlarini rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi mazkur kompaniya 17 yillik faoliyati mobaynida jahon axborot tizimlari bozorida yetakchi o’ringa chiqdi.   Ayni kunda u Rossiya va MDHga a`zo boshqa davlatlarning eng yirik 13 shahrida ko’rgazma, anjuman va konferensiya, korporativ tadbirlar hamda turli marafonlar tashkil etish bilan audiovizual texnologiya yutuqlarining ommalashishiga ko’mak bermoqda.

Elbek ShOYIMQULOV

Foydali havolalar