(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Boshqaruvga malakali kadrlar

учинчи сектор
jamiyat
Dekabr01/ 2015

Bugun mahalla ins­tituti fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning eng samarali vositalaridan biriga aylandi. Mazkur tuzilmaning afzalligi shundaki, uning yordami bilan quyidan turib davlatning ijtimoiy buyurt­malarini manzilli bajarish mumkin.

Mahallalarning bunday vakolat va imkoniyatlari kenga­yishi malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojni oshirdi. ­Yurtboshimizning 2013 yil 10 oktyabrdagi «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kurslarini tashkil etish to’g’risida»gi qarori ana shu asosda qabul qilindi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Mazkur qarorga muvofiq, ayni kunda Qashqadaryo viloyatidagi 660 ta fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining 1 yarim mingga yaqin rahbar kadrlari o’z kasbiy bilim va mahoratlarini oshirdi.   Ushbu o’quv kurslarida asosiy e`tibor mahalla boshqaruvi rahbarlarining ijtimoiy-siyosiy salohiyatini, mahalla faollarining kasbiy va boshqaruv malakalarini yanada oshirish, o’zini o’zi bosh­qarish organlari xodimlariga tizimli ravishda uslubiy yordam ko’rsatishga qaratilmoqda.

Bunday o’quv kurslarining tashkil etilgani ijtimoiy-siyosiy hayotimizda yangi bir amaliyot. Bugun davlatning 30 dan ziyod funksiyasini bajarayotgan mahalladek noyob demo­kratik institut faoliyatini yanada takomillashtirish uchun bu, ayniqsa, muhim. Ana shundan kelib chiqib, viloyat hokimligi bu masalaga katta mas`uliyat bilan yondashgan holda o’quv mashg’ulotlari o’tkaziladigan joyning shu kun talablari asosida ta`mirlanishi hamda jihozlanishiga e`tibor qaratildi. O’quvlarning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan turli yordamchi texnik vositalar, o’quv qurollari hamda komp­yuter texnikalari bilan to’liq jihozlandi.

O’quv kurslarida tinglovchilar malakasini oshirish bevosita o’quv jarayoni va malakali pedagoglar mahoratiga bog’liq. Bugun markazda haftalik 38 soat dars mashg’ulotlarini o’tish uchun katta hayotiy va amaliy tajribaga ega bo’lgan 35 nafar professor-o’qituvchi, amaliyotchi-mutaxassis jalb etilgan. Tinglovchilar o’zlashtirishini doimiy nazorat qilib borish, bilimlarini sinovdan o’tkazish, baholash ishlarining samaradorligini oshirish masalalari joriy o’quv yilidan boshlab qaytadan tahlil qilinib, tizimlashtirildi.

Dars jarayonidan keyin maxsus jadval asosida eng muhim va dolzarb mavzular, kompyuter savodxonligini oshirish bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazishning yo’lga qo’yilgani esa tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Har bir o’quv kursi davomida tinglovchilar bilan namunali mahallalarda tashkil etilayotgan ko’chma amaliy mashg’ulotlar ularning ham nazariy, ham amaliy bilimi, tajribasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Darsdan keyin tashkil etiladigan turli seminar, muloqot, davra suhbatlari mavzu-mundarijasini ham fuqarolar yig’inlari rahbarlarining kundalik ish tajribalari, malakalarini oshirish maqsadiga yo’naltirishga harakat qilayapmiz. Jumladan, «Fuqarolar yig’inlarida aholi bilan ishlashning o’ziga xos jihatlari: taklif va mulohazalar», «Mahalladan boshlanur Vatan», «Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolar yig’ini rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar», «Oila-mahalla-ta`lim muassasasi hamkorligi», «O’zbek milliy qadriyatlari: an`anaviylik va zamonaviylik» kabi ma`naviy, ilmiy, ma`rifiy mavzular shular jumlasidandir.

Bugungi kungacha malaka oshirish o’quvlarida qatnashgan tinglovchilarning 1 ming 358 nafari o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, maxsus sertifikatlarni qo’lga kiritdi. O’quv kursimiz mehnat jamoasi tuman va shahar hokimliklari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi bilan yaqindan hamkorlik asosida o’quvlarda ting­lovchilar ishtirokini yaxshilash va o’quvlar sifati hamda samaradorligini yanada kuchaytirishga intilmoqda. O’quv kurs­larimizni tugatib, ish joylariga qaytayotgan raislarimiz esa o’z oldilariga yanada katta maqsadlarni qo’ymoqda.

Xurshid ShAROPOV,

Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kursi direktori

 

Foydali havolalar