O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

E`zoz va ehtirom sohiblari

jamiyat
Sentabr01/ 2015

«Keksalarni e`zozlash yili» Davlat dasturida keksa avlod vakillariga e`tibor va FamxO’rlik kO’rsatish, ularni moddiy va ma`naviy QO’llab-Quvvatlashni kuchaytirish borasida davlat Hamda nodavlat tashkilotlari, xususan, «MaHalla» xayriya jamoat fondi zimmasiga Ham Qator vazifalar yuklangan. Ular ijrosini ta`minlash maQsadida olib borilayotgan ishlar HaQida fond raisining birinchi O’rinbosari Dolli Allayev muxbirimizga Quyidagilarni gapirib berdi.

– «Keksalarni e`zozlash yili» Davlat dasturining 26 ta bandi bevosita «Mahalla» xayriya jamoat fondi ishtirokida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Ayni kunda ana shu muhim hujjatning har bir bandi ijrosini so’zsiz ta`minlash maqsadida tizimli ishlar olib borayapmiz. Xususan, shu kungacha 540 nafar nuroniyga 547 million so’mlik raqamli televizorlar fond mablag’lari hisobidan yetkazib berildi.

Shuningdek, yolg’iz qariyalarning manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, eng zarur mahsulotlar bilan ta`minlash maqsadida urush qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarining 9 ming 835 nafari 14 xil, ijtimoiy xizmatga olingan keksalarning 4 ming 622 nafari 9 xil turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta`minlandi. Bundan tash­qari, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 10 avgustdagi «Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risi»gi qarori ijrosi yuzasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta`minlangan va yolg’iz keksalarning 9 ming 135 nafariga 12 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va xo’jalik mollari taqdim etildi.

Fond faollari, mahalla oqsoqollari doimiy ravishda keksasi bor xonadonlarning ijtimoiy ahvolini monitoring qilib borayapti.

Shu bilan birga, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, hamkor tashkilotlar, yoshlar, homiylar ishtirokida har bir mahallada kamida bir nafar faxriyning hovli-joyini hashar yo’li bilan ta`mirlash, shuningdek, ularning turarjoy sharoitlarini 2015-2017 yillar mobaynida yaxshilash dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan, joriy yilning o’tgan davrida 12 ming 209 nafar yolg’iz va ijtimoiy ko’makka muhtoj keksaning uy-joyi ta`mirlandi. Bu maqsadlar uchun birgina fond tomonidan 1 milliard 54 million so’m mablag’ sarflandi.

– Davlat dasturida oila va jamiyatda yoshi ulug’ insonlarning o’rni va obro’sini oshirish, yoshlarda ota-onalariga, nuroniylarga chuqur hurmat, e`zoz va g’amxo’rlik ko’rsatish tuyg’usini tarbiyalash borasida aniq tadbirlarni amalga oshirish ham belgilab qo’yilgan. Bunda «Mahalla» xayriya jamoat fondining ishtiroki qanday bo’lmoqda?

– Shu kunga qadar maktab, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlardan tashkil etilgan «Nuroniylar e`zozimizda» patronaj yoshlar harakati tomonidan keksalar holidan xabar olinib, xonadonlarini obod etishga, tomorqa ishlari va boshqa uy-ro’zg’or yumushlariga ko’maklashilmoqda. Ular yordamida hozirgacha 2 ming 692 nafar keksaning tug’ilgan kuni tantanali nishonlandi, 8 ming 820 nafar keksaga kundalik yumushlarida ko’mak berib kelinmoqda. Yoshlar ko’pni ko’rgan qariyalar bilan ko’proq vaqt o’tkazishi, yosh avlodni kattalarga hurmat, ular oldida burchlilik, javobgarlik ruhida tarbiyalash o’zining ijobiy ta`sirini ko’rsatmay qolmaydi. O’zini faxriylarga yordam ko’rsatishda mas`ul deb biluvchi ko’ngillilar hisobiga patronaj yoshlar harakati a`zolari soni bugun 34 ming 600 nafardan oshib ketdi.

Shuningdek, «Orasta qizlar davrasi» hududiy tanlovlari a`zolari ham urush qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari uyiga borib, ular bilan qizg’in suhbatlar o’tkazishmoqda. Umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy ta`lim muassasalarida keksalar hamda yoshlar uchrashuvlari tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

O’sib kelayotgan avlod o’rtasida oila qadriyatlari, keksa avlodga hurmat va e`zoz tuyg’ularini shakllantirish maqsadida 50 yildan ortiq birgalikda ahil-inoq yashab kelayotgan oilalarga bag’ishlangan «Mehr-muhabbat va totuvlikda kechayotgan uzoq umr» mavzusida targ’ibot-tashviqot tadbirlari tashkil qilinmoqda.

O’zining fidokorona mehnati hamda munosib hayot yo’li bilan xalqimizning hurmat va ehtiromiga sazovor bo’lgan 100 yoshni qoralagan muhtaram faxriylarni hurmatlash maqsadida «Asr bilan yuzma-yuz» tadbiri tashkil etilayapti. Bunday tadbirlar davomida 100 ga yaqin 100 yosh bilan yuzlashgan qariyalar yo’qlanib, ular bilan qizg’in suhbatlar o’tkazildi. Turmushimiz, xonadonlarimiz fayzi va barakasi bo’lgan faxriylarimizning ko’nglini ko’tarsak, hayotini mazmunli qilish, umrini uzaytirishga hissa qo’shsak, o’ylaymanki, zimmamizdagi burchni bir qadar bajargan bo’lamiz.

– Tuman va mahallalarda keksalar uchun muloqot markazlari, keksalarning qiziqishi bo’yicha klublar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratish masalalari qanday hal etilmoqda?

– Bu borada respublika bo’yicha sog’lomlashtirish guruhlari tashkil etilib, ularning jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishi uchun maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari sport zallari biriktirildi. Mahallalardagi mai­shiy xizmat ko’rsatish markazlarida maxsus sport xonalari tashkil etildi. Ayni paytda sog’lomlashtirish guruhlarining doimiy ishtirokchilari 12 ming nafardan oshib ketdi.

Sportning piyoda yurish, shaxmat, shashka, voleybol, minifutbol, stol tennisi va bosh­qa turlari bo’yicha katta yoshdagi kishilar o’rtasida sport musobaqalari tashkil etilayotgani ham keksalarimizning hayotga qiziqishini yanada oshirib, salomatligi tiklanishiga ko’mak berayotir.

Mazkur amaliy ishlarning barchasi tabarruk nuroniylarimiz bugunini kechagi kunidan ko’ra yaxshilash, turmushini yanada farovon qilish, umrini uzaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Zotan, bugungi tinchlik va omonligimiz, mamlakatimiz ravnaqi uchun xizmat qilgan muhtaram faxriylarimizning ko’nglini ko’tarish, holidan xabar olish, og’irini yengil qilish nafaqat xizmat burchimiz, balki xal­qimizga xos odamiylik, mehru oqibat namunasidir.

 

«Jamiyat» muxbiri

Nargiza HUSANOVA

suhbatlashdi.

Ushbu maqola Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi sifatida moliyalashtirilgan hamda ­«Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirayotgan­ ­«Keksalarimiz – bebaho boyligimiz» loyihasi asosida tayyorlandi.

Foydali havolalar