O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hayot haqiqatini aks ettirishda jurnalist pozitsiyasi qanday bo’lishi kerak?

туртинчи1
jamiyat
Iyun01/ 2015

Milliy matbuot markazida O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan «Hayot haqiqatini aks ettirishda jurnalist pozitsiyasi: yutuq, tajriba va istiqboldagi vazifalar» mavzusida respublika konferensiyasi o’tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi raisi Ilhom Abdullayevning ta`kidlashicha, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining demokratik islohotlar jarayonidagi o’rni va ta`sirini yanada oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va nufuzini yuksaltirish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Ayniqsa, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida qabul qilingan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi Qonun fuqarolarning axborot olish sohasidagi huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta`minlash, davlat va jamoatchilik o’rtasida ochiq hamda samarali muloqot olib borishni yangi bosqichga ko’tardi. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu hujjat nafaqat davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar haqidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi, balki taqdim etilayotgan ma`lumotlarning sifati va haqqoniyligi uchun mas`uliyatni ham oshiradi.

Туртинчи2

Anjumanda O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshida tashkil etilgan jurnalistlar va tajribali ekspertlardan iborat Monitoring guruhi tomonidan olib borilayotgan tahlillar ishtirokchilar e`tiboriga havola etildi.

– Monitoring tahlillari mahalliy nashrlarda bir oy davomida o’rtacha 70 dan ziyod tan­qidiy-tahliliy material e`lon qilinganini ko’rsatmoqda, – dedi O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Ibrohim Halimbekov. – Mazkur holat ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi kamchilik va nuqsonlar muhokamalar maydoniga aylanayotganidan, mahalliy hokimiyat va OAVning hamkorligi rivojlanib borayotganidan darak beradi, albatta. Ammo barcha joylarda ahvol shunday deb bo’lmaydi. Muammolar jurnalistlar e`tiboridan chetda qolayotgan, ba`zi rahbarlar hududdagi muammolarning efir yuzini ko’rishi, chop etilishiga qarshi bo’layotganiga ham guvoh bo’lyapmiz.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mus­taqil instituti loyiha rahbari Salim Doniyorovning ma`lumotlariga ko’ra, 374 nomdagi (154 tuman, 84 shahar, 98 viloyat va 38 respublika) nashr­ni o’rganish natijalari matbuotimiz sahifalarida tahliliy va tanqidiy materiallar salmog’i yildan-yilga ortib borayotganini ko’rsatmoqda. Xususan, 2012 yilda matbuotda 659 ta ijtimoiy ahamiyatga molik tanqidiy va tahliliy material chop etilgan bo’lsa, 2014 yilda 2 ming 452, joriy yilning o’tgan to’qqiz oyida esa 2 ming 489 tani tashkil etmoqda. Ularning 650 tasi tanqidiy, 1 ming 839 tasi ijtimoiy-tahliliy materiallardir. Bu borada Toshkent, Samarqand, Andijon viloyatlari nashr­lari yetakchilik qilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarida tanqid qilingan tashkilot, muassasalardan masalaning hal etilgani xususida yo’llangan javob xatlari har doim ham matbuot sahifalari yoki ekran yuzini ko’rmayotgani, radiotinglovchilarga taqdim etilmayotgani odamlarda davlat va xo’jalik organlari faoliyatiga ishonchsizlik kayfiyatini uyg’otadi. Aksincha, yo’llangan javob xatlarining o’z vaqtida chop etilishi OAVning ikki tomonlama ochiq va haqqoniy muloqot minbariga aylanishini ta`minlab, fuqarolarning ijtimoiy faolligi oshishiga sabab bo’ladi.

 

E`lon qilingan 650 ta tanqidiy maqolaning 298 tasida jamoatchilik e`tibori qaratilgan masalalar o’z yechimini topgani, qolgan materiallardagi muammoli holatlarga munosabat bildirilmaganini qayd etish lozim.

Туртинчи3

Ming afsuski, joylarda ayrim hokimlik va boshqa mutasaddi idoralarning «bizga hech qanday muammo va uning yechimining keragi yo’q» qabilida «eshigini qattiq yopib olishi», hatto, takroran chop etilgan, efirga uzatilgan materiallarga ham e`tiborsiz munosabatda bo’lishi jurnalistlardan yanada qat`iy pozitsiyani talab etmoqda.

– Bu kabi beparvolik, avvalo, shu maqola yoki ko’rsatuvni ming mashaqqat bilan tayyorlagan jurnalistning tan­qid yozishdan ko’ngli sovushiga olib keladi, – dedi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov. – Eng yomoni, taraqqiyotimizga to’siq bo’layotgan va islohotlarni ortga tortayotgan muammo va kamchiliklar bartaraf etilmasdan qolishidir. Mavjud muammolarni hal etish yo’lida mahalliy davlat hokimiyati organlari, tahririyat va nashr muassislarining hammaslak bo’lib, o’zaro ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yo’lga qo’yishigina har tomonlama maqbul yechimga olib boradi.

– Ma`lumki, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini har yili jurnalistika bo’yicha 160 ga yaqin bakalavr va 70 ga yaqin magistr tamomlaydi, – dedi O’zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Mamatqul Hazratqulov. – Lekin bu ular jurnalist bo’lib yetishdi, degani emas. Odatda ta`lim bilan bir vaqtda tahririyat va boshqa media-tuzilmalarda haqiqiy amaliyot o’tagan talabalar diplomini qo’liga olishi bilan ishni namunadagidek yo’lga qo’yadi. Ammo bunday malakaga ega bitiruvchilarning soni juda oz. Agentlikka amaliyot o’tash uchun kelgan talabalarning aksariyati maqola yozish sir-asrorlarini shu yerda o’rganadi. Afsuski, bu talabaning taqdiri bilan kimdir qiziqib murojaat etganini eslay olmayman. Fikrimcha, oliy ta`lim dargohlarida talabalarga chuqurroq tahsil berish, nafaqat tahririyatlar, balki universitetlar qoshida ham jurnalistlar mahorat maktablarini tashkil etib, tajribali soha xodimlarining maktablarini yanada keng miqyosda yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq.

Qayd etish o’rinliki, ayni paytda Andijon, Samarqand, Jizzax, Xorazm, Farg’ona viloyatlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar tayyorlovchi mahorat maktablarida nafaqat hudud, balki respublika miqyosida malakali kadrlar yetishib chiqmoqda. O’tgan oydan boshlab esa Jurnalistlar ijodiy uyushmasi qoshida Yosh jurnalistlar klubi faoliyati yo’lga qo’yildi.

– Biz ham nodavlat ta`lim muassasalarida jurnalistlar mahorat maktabi kurslarini tashkil etish ishlarini tashkil etyapmiz, – dedi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati rahbari Yesimqan Qanaatov. – To’g’risi, so’nggi paytlarda tadbirlarni yoritish uchun kelayotgan jurnalistlarga press-reliz berishni to’xtatdik. Boisi,

OAVda nuqul biz yozgan matbuot xabarnomasidan ko’chirmalar paydo bo’lyapti. Kirish qismi, tashkilotchilar, tadbirning maqsadidan so’ng «Jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar» tarzidagi yakuniy qism bilan yarim kun, hatto kun davomida o’tkazayotgan tadbirlarimiz haqidagi axborotlar yakunlanyapti. Jurnalistlarning turli yondashuvi, o’ziga xos pozitsiyasi sezilmayapti.

Tadbir davomida jurnalist bildirayotgan ta`sirchan fikr­ning ahamiyati va salmog’i xususida so’z yuritilib, soha vakillari o’z imkoniyatidan hamma vaqt ham yetarli foydalanmayotgani, OAVda, ayniqsa tele va radiodasturlar tayyorlash jarayonida audi­toriya­ga operativ axborot berish usuli ustuvor bo’layotgani, voqelikni yoritishda uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahamiyatiga yetarli e`tibor berilmayotgani aytib o’tildi. Bu esa o’z navbatida, jurnalist so’zi ta`sirchanligi, samaradorligi susa­yishi va jurnalis­tika o’zining muhim funksiya­larini to’liq bajara olmay qolishiga sabab bo’lishi ta`kidlandi.

Nargiza MEHMONOVA

 

Foydali havolalar