(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasi ta`minlanmoqda

Inson huquq va erkinliklarini
jamiyat
Dekabr01/ 2015

O’zbekistonda mustaqillik yillarida to’plangan tajriba va erishgan yutuqlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, mamlakatni izchil, bosqichma-bosqich rivojlantirishda taraqqiyotning «o’zbek modeli» ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil va demokratik islohotlar o’z samarasini beryapti. Natijada inson o’zgarmoqda, uning siyosiy va fuqaroviy faolligi, atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga daxldorligi oshmoqda, mamlakat kelajagiga ishonchi ortib bormoqda.

Bu kabi xulosalar kecha poytaxtimizda o’z ishini boshlagan yana bir nufuzli anjuman doirasida ham bir necha bor e`tirof etildi. Fikrimizni bejizga xulosalar bilan boshlamadik. Sababi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman), Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, NNTMA, BMT Taraqqiyot dasturi, YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori kabi bir qator davlat va xalqaro jamoat tashkilotlari ishtirokida tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida yurtimizda demokratik yangilanish va modernizatsiyalashning asosiy ko’rsatkichlari o’rganildi.

Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Ruminiya kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar inson huquqlari masalalari bo’yicha qonunchilikni va huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish, davlat organlari faoliyatida huquq ustuvorligini kuchaytirish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamdagi islohotlar bilan yaqindan tanishdilar. Konferensiya ishtirokchilari O’zbekiston qisqa muddatlarda jamiyatni demokratlashtirish, qonun ustuvorligini ta`minlash, insonning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasida bir qancha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishga muvaffaq bo’lganligini ta`kidladilar.

huquq

– Mustaqillik yillarida O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish sohasida mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, – dedi Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov. – Parlament tomonidan inson huquqlari va asosiy erkinliklarini tartibga soluvchi Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar, 16 ta kodeks va 700 dan ortiq qonun qabul qilindi. Insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari to’g’risidagi qonunchilik tizimi yaratildi. Bundan tashqari, O’zbekiston parlamenti inson huquqlari bo’yicha 70 dan ortiq xal­qaro shartnomani, shu jumladan, BMTning 10 ta asosiy hujjatini ratifikatsiya qildi.

Xalqaro ekspertlar parla­ment­ning huquqiy maqomini oshirishga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar uning jamiyatdagi roli kuchayishiga, qabul qilingan qonunlar sifatini oshishiga xizmat qilayotganini, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan parlament nazorati bo’yicha vakolatlardan faol foydalanilayotganini alohida ta`kidladilar. Jumladan, ayni paytda O’zbekistonda parlament nazorati to’g’risidagi qonun loyihasining o’rganilayotgani, maxsus qonun qabul qilish yo’li bilan parlament nazoratining samaradorligini oshirishga intilish xalqaro hamkorlar tomonidan yuksak baholandi.

– O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning to’laqonli a`zosi sifatida bir necha xalqaro hujjatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan davlatlar sirasiga kiradi, – dedi Inson huquqlarini o’rganish bo’yicha Xitoy kengashi a`zosi, Nankay universiteti xalqaro huquq kafedrasi dotsenti Tang Yingksia. – To’g’risini aytganda, xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish oson, ammo uni amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish juda mushkul. Yurtingizda bu borada katta ishlar qilinayotganiga guvoh bo’ldik. Boisi, O’zbekistonda davlat boshqaruvi, ijro organlari va sud hokimiyati faoliyatida asosiy masala inson huquqlari, inson omili ekanligi amalda joriy qilingan. Xalqaro me`yorlarda belgilangan talablar muttasil ravishda milliy qonunchilik tizimiga implementatsiya qilinmoqda. Bu o’z navbatida, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konferensiya qatnashchilari davlat ijtimoiy sheriklik siyosatini amalga oshirib, nodavlat tashkilotlarni muttasil rag’batlantirib borayotganini qayd etdilar. Ularning ko’pchiligi huquqni himoya qilish faoliyatini amalga oshiradi. Yurtimizda davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlarining o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi 10 dan ortiq qonun qabul qilingan. Bu juda muhim ko’rsatkich ekanligi qayd etildi.

Anjuman bugun o’z ishini davom ettiradi.

 

Maftuna Azizova

Teglar:

Foydali havolalar