O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Jamoatchilik ekologik nazorati bo’yicha O’zbekiston va Yevropa tajribasi

Экохакарат
jamiyat
Noyabr01/ 2015

Toshkent shahrida O’zbekiston ekologik harakati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlari guruhi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O’zbekistondagi loyihalari koordinatori, Yevropa Ittifoqi komissiyasi delegatsiyasi bilan hamkorlikda «Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari: O’zbekiston va Yevropa davlatlari tajribasi» mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.

Unda Fransiya, Latviya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Singapur, Hindiston kabi davlatlarning parlamentlari a`zolari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi yetakchi mutaxassislari, olimlar, xalqaro tashkilotlar ekspertlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi mahalliy, mintaqaviy va global miqyosda ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokining huquqiy asoslari, O’zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to’g’risida»gi Qonuni maqsad va vazifalarini, uning ijro mexanizmlarini keng targ’ib qilish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda ekologik muammolar yechimini topish, ekologik nazoratni amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokining huquqiy asoslari bo’yicha tajribalarini o’rganishga qaratilgan.

– O’zbekistonda kuchli siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar strategiyasi bos­qichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekoharakat deputatlari guruhi a`zosi Sergey Samoylov. – Bunday sharoitda atrof-muhitni muhofaza qilish jarayonidagi murakkab ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun xujjatlarining o’rni va rolini oshirish, sog’liqni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavf­sizlikni ta`minlash, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va o’rnini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu ma`noda mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, ekologik nazoratni amalga oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va jamoatchilikninig xabardorligini kuchaytirish sohasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, «Ekologik nazorat to’g’risida»gi Qonun atrof-muhit va aholi salomatligi monitoringi sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining o’rni va rolini aniq belgilab berdi.

Davra suhbatida xorijiy ekspertlar Yevropa mamlakatlari nohukumat tashkilotlarining ekologik qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha tajribalari, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish amaliyoti va ekologik muammolar yechimini topishda aholining ishtiroki kabi masalalarda o’z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta`kidlanganidek, aksariyat iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhit sohasida mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Bu mamlakatlarning ekologik qonun hujjatlarida nohukumat tashkilotlar jamoat ekologik nazoratining mustaqil sub`ekti sifatida e`tirof etilgan.

– O’zbekistonda atrof-muhit barqarorligini ta`minlash, tabiatni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bizda katta taassurot qoldirdi, – deydi Latviya Respublikasi atrof-muhit muhofazasi va hududiy rivojlanish vaziri K.Gerxards. – Ayniqsa, mamlakatingiz parlamentida Ekoharakat deputatlar guruhi fao­liyat ko’rsatayotgani atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishda jamoat tashkilotlarining faol ishtirok etishi uchun qulay imkoniyatdir.

– O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish ishiga keng jamoatchilikni jalb etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Singapur Atrof-muhit kengashi ijrochi direktori Edvin Si. – Jumladan, ta`lim muassasalarida yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan o’quv dasturlari joriy etilgani ekologik nazoratda fuqarolarning faolligini oshirish imkonini beradi.

Davra suhbatida mahalliy va xorijiy eks­pertlarning ekologik nazorat bo’yicha mamlakatimiz va xorijdagi qonunchilik bazasi hamda uni amalga tatbiq etishda jamoatchilik ishtiroki, sog’liqni saqlash tizimlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining o’rni, jamoatchilik eshituvi va boshqa mavzularda ma`ruzalar tinglandi.

 

O’zbekiston ekologik harakati

Matbuot xizmati.

Foydali havolalar