O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Jamoatchilik nazorati mahalladan boshlanadi

jamiyat
Iyun01/ 2015

Mamlakatimizda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari vakolatlarini yanada kengaytirishga alohida e`tibor qaratilib, bu boradagi huquqiy asoslar tobora mustahkamlanmoqda.

Xususan, 2013 yilda yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi Qonunga fuqarolar yig’inlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartib qoidalarini belgilovchi alohida norma kiritildi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga qonunda belgilab berilgan ushbu vakolatlardan samarali foydalanishga ko’maklashish, bu boradagi bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida Fuqarolik jamiya­ti shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Jamoatchilik nazoratini ta`minlashda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining o’rni va ahamiyati» mavzusida hududiy seminarlar tashkil etildi.

Seminarlarda institutning hududiy bo’linmalari mutaxassislari, viloyat adliya boshqarmasi, xotin-qizlar qo’mitasi vakillari, «Mahalla» xayriya jamoat fondining viloyat, shahar va tuman bo’linmalari raislari, har bir tumandagi faol va tajribali fuqarolar yig’inlari raislari, sohaning tajribali ekspertlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ularda jamoatchilik nazoratining huquqiy asosi va uning afzalliklari, fuqarolar yig’inining jamoatchilik nazorati va iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha komissiyasi faoliyatini yo’lga qo’yishning ahamiyati va tartib-tamoyillari masalalari muhokama etildi.

Barcha hududlarda seminarlar ochiq muloqot tarzida o’tkazilib, fuqarolar yig’inlari raislari va ekspertlar tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yo’llari xususida taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Abdurasul RAHMONOV,

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish

mustaqil instituti loyiha rahbari

Foydali havolalar