(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Keksa avlod va ta`lim tizimi

jamiyat
Dekabr01/ 2015

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida «Yosh avlodni milliy qadriyatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, keksa avlodni hurmat qilish va e`zozlash ruhida tarbiyalashda ta`lim tizimining o’rni» mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

– «Keksalarni e`zozlash yili» Davlat dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida universitetimizda qator davra suhbatlari, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda, – dedi O’zMU rektori Shuhrat Sirojiddinov. – Ma`lumki, dasturning 40-bandida «Yosh avlodni milliy qadriyatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, keksa avlodni hurmat qilish va e`zozlash ruhida tarbiyalashda ta`lim tizimining o’rni» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazilishi ham belgilangan. Universitetimizda mazkur anjumanga puxta hozirlik ko’rildi. Shu mavzuda 110 dan ortiq maqola, ma`ruza matnlari yig’ilib, alohida to’plam holida chop etildi.

Anjumanda mavzuga oid bir qator ma`ruzalar tinglandi. Ularda asosiy e`tibor mamlakatimizda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashda ta`lim-tarbiya va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni samarali tashkil etish, keksa avlodga e`tibor hamda g’amxo’rlikni kuchaytirish, ularning farovon hayot kechirishini ta`minlash, yoshlarda ota-onaga va keksalarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat-ehtirom tuyg’usini shakl­lantirish, far­zand­lar tarbiyasida keksa avlod tajribasidan keng foydalanish masalalariga qaratildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh mualliflar diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Ulug’bek USMONOV,

O’zMU Oliy jurnalistika kursi tinglovchisi

Ushbu maqola Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi sifatida moliyalashtirilgan hamda ­«Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirayotgan­ ­«Keksalarimiz – bebaho boyligimiz» loyihasi asosida tayyorlandi.

Foydali havolalar