O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ko’ngli yarimlarga ko’mak

Кунгли ярим
jamiyat
Iyun01/ 2015

O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining Buxoro viloyati   Jondor tumani bo’limi tomonidan shu kunlarda «Keksalar, mehnat fronti faxriylari, yolg’iz qariyalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy hamda moddiy qo’llab-quvvatlash» loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaga ko’ra, tumanda istiqomat qilayotgan 60 nafar nuroniyga moddiy yordam ko’rsatilib, faxriylar va nogironlarga gigiyena va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

– Tashkilot a`zolarining xonadonimizga tez-tez tashrifidan ko’nglim ko’tariladi, – deydi urush va mehnat faxriysi Mo’min ota Shukurov. – Ular biror-bir bayramni kutib o’tirmaydi. Bo’sh vaqt topildi deguncha biz kabi keksalar holidan xabar olib, duosini olishga shoshadi. Vaqti-vaqti bilan bepul dori-darmonlar bilan ham ta`minlab turishadi.

Haqiqatdan ham, mazkur tashkilot aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, turli xastaliklarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam ko’rsatish kabi muhim masalalarni o’z oldiga eng muhim maqsad sifatida belgilab olgan.

– Insonlarning og’irini yengil, mushkulini oson qilishdek ezgu ishga oz bo’lsa-da, hissa qo’shayotganimizdan mamnunmiz, – deydi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Ubaydulla Nabiyev. – Shu boisdan ham jamiyatimiz faoliyatini aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish, mazkur yo’nalishdagi davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini   tar­g’ib qilish masalalariga qaratganmiz.

Tashkilotning bu boradagi sa`y-harakatlari amalga oshirayotgan loyihalarida yaqqol aks etmoqda. Jumladan, o’tgan yili «Jondor tumani aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzi targ’ibotini yanada kuchaytirish» loyihasi bilan Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondining 14 million so’mlik grantini qo’lga kiritdik. Grand mablag’lari evaziga tashkilotning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Shuning­dek, ta`lim muassasalarida turli o’quv mashg’ulotlari, seminar-treninglar olib borildi.

Tuman hokimligi, qator davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda kam ta`minlangan oila farzandlarini hamda kollej bitiruvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish, ularni ish bilan ta`minlash ishlariga alohida e`tibor qaratilmoqda. Xususan, yoshlarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishida bankdan imtiyozli kredit olishiga ko’maklashmoqda. Tumandagi tadbirkor va fermerlar ishtirokida uchrashuvlar olib borilmoqda.

Shuningdek, tashkilot tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar va keksa avlod vakillariga moddiy va ma`naviy ko’mak berish, ularni tibbiy, ijtimoiy hamda psixologik rea­bilitatsiya qilish, zarur dori-darmonlar bilan ta`minlash masalalariga ham alohida e`tibor qaratib kelinayotir.

Qahramon MUHAMMEDOV,

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Buxoro viloyati hududiy bo’linmasi katta mutaxassisi

Foydali havolalar