(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Saylovlar – demokratiyaning muhim instituti

Панорама_без_названия1
jamiyat
Dekabr01/ 2015

Toshkentda «Saylov tizimi va qonunchiligini demokratlashtirish: O’zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi» mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, YeXHT loyihalarining O’zbekistondagi koordinatori, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti kabi bir qator siyosiy-ijtimoiy institutlar hamkorligida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarda saylov qonunchiligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbatida Fransiya, Koreya, Latviya davlatlaridan mutaxassislar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a`zolari, deputatlar, siyosiy partiyalar va O’zbekiston ekologik harakati, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda saylov huquqi sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug’bek Abdusalomov ta`kidlaganidek, davlat va jamiyatni tubdan isloh qilish orqali O’zbekistonda eng yuqori demokratik talablarga javob beruvchi milliy saylov tizimi yaratildi. O’tgan 24 yil davomida mamlakatimiz saylov jarayonini tashkil etish bo’yicha yetarli tajriba to’pladi. Bu borada ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritdi. Shu asosda bugun fuqarolarning jamiyat va davlat bosh­qaruvida ishtiroki sezilarli darajada oshib, xatti-harakatlari ertangi kunni hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega ekanini anglab yetdi. Buni mamlakatimizda bo’lib o’tgan so’nggi saylovlar natijalari ham yaqqol tasdiqlaydi.

– O’zbekistonda saylov jarayonlarini huquqiy tartibga solishga yo’naltirilgan 10 ta maxsus qonun amal qiladi, – dedi Oliy Majlis Senati raisining o’rinbosari Svetlana Ortiqova. – «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi saylov qonunchiligini takomillashtirishda muhim siyosiy hujjat hisoblanadi. Konsepsiya talablari asosida 2011, 2012 va 2014 yillarda O’zbekiston Respublikasi Kons­titutsiyasining ayrim moddalariga va saylov haqidagi qonunlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Ular saylov jarayonini yanada demokratlashtirish, saylov kampaniyasini umume`tirof etilgan prinsip va xalqaro qonunchilik talablariga to’la muvofiq ravishda o’tkazish bo’yicha huquqiy kafolatlarni kuchaytirishda muhim omil bo’lmoqda.

Anjuman ishtirokchilarining fikricha, 2014 yilda bo’lib o’tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga hamda 2015 yilda o’tkazilgan ­O’zbekiston Respublikasi ­Prezidentligiga saylovlar mamlakatimizda bu borada juda keng ko’lamli ish olib borilganini isbot­laydi. Ayniqsa, saylov jarayonlari siyosiy plyuralizm va fikr­lar xilma-xilligi asosida o’tgani ekspertlar tomonidan alohida e`tirof etildi. Siyosiy partiyalar davlat hokimiyati vakillik organlari saylovlarida tobora faol ishtirok etmoqda.

– Saylov jarayonlarida mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar tar­g’iboti uchun bir xil imtiyoz va preferensiyalar ajratiladi, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yoqubov. – Siyosiy partiya vakillarining chiqishlari uchun ommaviy axborot vositalarida teng vaqt va aniq tartib joriy etilgani xalqaro eks­pertlarga ularning debatlarini kuzatish imkonini berdi. 2014 yilda o’tgan saylovlarda jami 9 ming 35 ta saylov uchast­kasi tashkil etilgan bo’lsa, ulardan 44 tasi chet elda, 11 tasi jazoni o’tash muassasalarida tashkil qilindi. Bu tajriba ham demokratik saylovlarning muhim sharti hisoblanadi.

Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga Konstitutsiyaviy organ maqomi berilishi davlat hokimiyatining boshqa organlari aralashuvisiz saylov jarayonlarini tashkil etishda va uning ochiqligini ta`minlashda zarur asos yaratdi. Markaziy saylov komissiyasini shakllantirishning demokratik tizimi, faoliyatining asoslari, jumladan, uning moliya­viy mustaqilligi belgilab berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksini qabul qilish yuzasidan fikr almashdilar. Qayd etilganidek, saylov qonunchiligini takomillashtirish borasida to’plangan tajriba, o’tkazilgan saylovlar natijasi sohada yagona qonunchilikni yaratishni taqozo etmoqda. Boisi, mazkur siyosiy hujjat saylov to’g’risidagi milliy qonunchilik normalarini yanada demokratlashtirish va umumlashtirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasining to’laqonli a`zosi hisoblanadi. Uning MDH mamlakatlari, Germaniya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Malayziya saylov organlari, shuningdek, BMTTD, YeXHT, ShHT bilan hamkorligi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Xalqaro anjuman doirasida Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.

jorj raken1

Jorj Raken,

Tuluza shahri moliya sudining

faxriy vitse-prezidenti (Fransiya):

– O’zbekiston bugungi kunda saylov demokratiyasining eng yuqori bosqichida, deb bemalol ayta olaman. Fransiyada saylovchilarni jalb etish bilan bog’liq ayrim muammolar bor. Biz saylovchilarning saylov uchastkalarida to’laqonli ishtirokini ta`minlay olmayapmiz. Sizda esa aholining katta qismi saylovlarda qatnashib, o’zining saylov huquqidan foydalanadi.

O’zbekistonda saylov tizimi barcha uchun ochiq, oshkora faoliyat olib boradi. Unda barcha siyosiy partiyalarning manfaatlari birdek inobatga olingan. Bu juda ham katta demokratik taraqqiyot belgisi. O’zbekiston parlamentida xotin-qizlar ishtirokining ko’pligi ham e`tiborimni tortdi.

kim yun tak1

Kim Yun Tak,

Butunjahon saylov organlari

assotsiatsiyasi vakili:

– Adolatli saylov tizimini rivojlantirishda bu kabi uchrashuvlarning ahamiyati katta. Assotsiatsiyamiz mana bir necha yildirki, elektron reestr tizimini muntazam ravishda targ’ib etib kelmoqda. Davra suhbatining ikkinchi kuni Markaziy saylov komissiyasi vakillari uchun uning O’zbekistondagi taqdimotini o’tkazdik. O’ylaymanki, kelgusida bu boradagi samarali hamkorligimiz davom etadi.

yevgeniy sloboda1

Yevgeniy Slobada,

MDH Ijroiya qo’mitasining

MDH kuzatuvchilar missiyasi

faoliyatini ta`minlash bo’limi boshlig’i:

– MDH kuzatuvchilari missiyasi O’zbekistonda bo’lib o’tgan saylovlarda faol ishtirok etdi. Ekspertlarimiz 2015 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarda 10 dan ortiq viloyatda bo’lib, 100 ta saylov uchastkasida saylov jarayonlarini kuzatgan. Saylov uchastkalarini tanlash ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgan. Ya`ni, ekspertlarimiz o’zlari istagan saylov uchastkasida bo’lib, u yerdagi jarayonlarda qatnashdi. Tahlillarimizga asoslanib, O’zbekistondagi saylovlar barcha demokratik prinsiplarga to’la javob beradi, deb bemalol ayta olaman.

simdars1

Arnis Simdars,

Latviya Respublikasi Markaziy

saylov komissiyasi raisi:

– O’zbekiston aholisi Prezident saylovlarida yuqori darajadagi fuqaroviy faollikni namoyon etganiga guvoh bo’ldim. Men o’zim kuzatuvchi sifatida Samarqand, Buxoro va Toshkentda bo’lib, saylov jarayonlari bilan yaqindan tanishdim. Mamlakatingiz qonunchilik va bevosita saylov jarayonlarida bir qator yutuqlarga erishgan. Bu tajribalarni boshqa davlatlarda ham bemalol tatbiq etsa bo’ladi.

Shlik aleksandr

Aleksandr Shlik,

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi Saylovlar bo’yicha departamenti boshlig’ining o’rinbosari:

– Bizda shunday imkoniyat tug’ildiki, qisqa davr mobaynida – 2014-2015 yillarda O’zbekistonda bo’lib o’tgan saylovlarni kuzatdik. Saylov jarayonidagi barcha mexanizmlarni o’rgandik. Shunga asoslanib, yurtingizda saylovlar barcha demokratik talablarga mos ravishda o’tganini e`tirof etish mumkin. Ayni kunlarda O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi bilan mustahkam aloqalar yo’lga qo’yilgan. Bundan keyingi samarali hamkorligimizni davom ettirish maqsadida tomonlar o’rtasida ekspertlardan iborat ishchi guruhini shakllantirish taklifini kirityapmiz.

Munisxon KARIMOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar