(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Toshkentda isitish tizimi talab darajasidami?

иситиш
jamiyat
Yanvar01/ 2015

Toshkent shahar hokimligida «Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda korxona tomonidan joriy kuz-qish mavsumiga ko’rilgan tayyorgarlik haqida batafsil ma`lumot berildi.

Tadbirda qayd etilishicha, korxona tasarrufida 170 ta qozonxona bo’lib, ulardagi 19 ta qozon ta`mirdan chiqarildi, 481 tasi joriy ta`mirlandi. 30 kilometr quvur qayta yotqizilib, 92 kilometr quvurning izolyatsiyasi tiklandi. Shuningdek, 61 ta nasos, magistral va taqsimlovchi 449 kilometr kanal ta`mirdan chiqdi. Ayni paytda issiqlik tarmoqlariga 13 ming 146 ta bino, shu jumladan, 9 ming 141 ta ko’p qavatli uy ulangan. Ularda issiqlikning bir me`yorda saqlanishi, qozonlarning doimiy ishlashi muntazam kuzatib borilmoqda.

Tadbirda jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga «Toshissiqquvvati» IChB unitar korxonasi rahbari Farhod Hamidxonov javob berdi.

«Mahalla» radiokanali muxbiri

Olima Hamroyeva savoli:

– Korxona tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini oshirish, yangi kadrlar bilan to’ldirish ishlari qay tartibda olib borilmoqda?

– Ayni paytda korxonamiz tizimida 3 ming 300 dan ziyod xodim faoliyat yuritayotgan bo’lsa, ularning malaka va mahoratini oshirish bo’yicha o’quv va seminarlar tashkil etib kelayapmiz. Bunda malakali mutaxassislar bilan tajriba almashishga e`tibor qaratayapmiz. Bundan tashqari, har yili barcha xodimlar texnik xavfsizlik, kasb mahorati bo’yicha sinovdan o’tkaziladi.

«O’zbekiston» radiokanali muxbiri ­Abduvohid Ochilov savoli:

– Ba`zi xonadonlarda ertalab issiq suvni ochganda suvning yetarli darajada isishi uchun ancha vaqt kutishga to’g’ri keladi. Bu esa suv isrofini keltirib chiqarib, aholining cho’ntagiga ham zarar qiladi. Issiq suvning tezroq kelishi uchun qanday chora-tadbirlar ko’rish mumkin?

– Ko’p qavatli uylarda isitish tizimlari me`yorida ishlasa, issiq suvning yuqori harorati 50 darajani tashkil etadi. Uni hosil qilish uchun ko’p kutish ham shart emas. Jo’mrak ochilgach suvning isishi qiyin kechayotgan bo’lsa, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga murojaat qilib, birgalikda nosozlikni aniqlash va zarur choralarni ko’rish kerak.

Arofat JALILOVA,

«Jamiyat» mahorat maktabi tinglovchisi

Teglar:

Foydali havolalar