O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yagona Vatan – mushtarak maqsad

jamiyat
Avgust01/ 2015

O’zbekiston Respublikasi Fanlar aka­demiyasida Xalqaro bag’rikenglik kuni va Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bag’ishlab «Millatlararo munosabatlarda bag’rikeng­likni shakllantirish va rivoj­lantirishning metodologik asoslari» mavzusida seminar o’tkazildi.

Ko’p millatli jamiyatda dinlararo hamjihatlikka erishish mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga, demokratik islohotlarning izchillik bilan amalga oshirilishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bag’rikenglik tamoyillari barcha fuqarolarga teng huquqlar beruvchi Asosiy Qonunimizda o’z ifodasini topgan. Konstitutsiya­ning 18-moddasiga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar qonun oldida tengdirlar». Xuddi shu asosda O’zbekistonda yashayotgan, o’z kelajagini yaratayotgan turli millat va elat vakillari uchun birdek shart-sharoit yaratilgan.

– Bugun butun dunyoda bo’layotgan voqealar shundan dalolat beradiki, qaysi mamlakatda millatlararo totuvlikka, dinlararo bag’rikenglikka e`tibor berilmasa, bu jiddiy muammolarga sabab bo’lishi mumkin, – dedi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori ­Nas­riddin Muhammadiyev. – Shuni iftixor bilan aytamizki, yurtimizda turli millat vakillariga yaratilayotgan sharoitlar dunyoning hech bir joyida yo’q. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 16 ta diniy konfessiyaga kiruvchi 2238 ta tashkilot, 140 ga yaqin milliy-madaniy markaz, O’zbekis­ton musulmonlari idorasining ta`lim muassasalari va provoslav hamda protestant seminariyalari mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining milliy hamda diniy qadriyatlarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirishga, tinchlik-osoyishtalik, o’zaro hamjihatlikni saqlashga xizmat qilmoqda.

Tadbirda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan o’tkazilgan «O’zbekiston – umumiy uyimiz» mavzusidagi sotsiologik so’rov natijalari tahlil qilindi. Unga ko’ra, fuqarolarning milliy va diniy mansubligidan qat`i nazar, huquq va erkinliklariga to’la rioya qilinayotganligini 98 foiz respondent yuqori baholagan.

Munisa ShODIYeVA

Foydali havolalar