O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Taraqqiyotning mustahkam poydevori

jamiyat
Iyun04/ 2015

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan «Mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevori» mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o’z iqtidor va salohiya­tini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning huquqiy asosi Konstitutsiyamizda o’z ifodasini topgani, Bosh Qomusimizning har bir moddasi fuqarolar manfaatlariga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

– Bugungi kunda Asosiy Qonunimiz barcha uchun ijtimoiy-huquqiy qadriyatga aylandi, – dedi Toshkent shahar adliya boshqarmasi targ’ibot va huquqiy ma`rifat bo’limi boshlig’i Abror Berdiyev. – Sababi, uning har bir bandida asrlar davomida shakllangan milliy tafakkur, muqaddas qadriyatlarimiz o’z aksini topgan.

Adliya boshqarmasi tomonidan Asosiy Qonunimizning tarixiy ahamiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan bunday huquqiy tar­g’ibot tadbirlari poytaxtimizning ko’plab ta`lim muassasalari, tashkilot va korxonalarda o’tkazilmoqda.

Hakim YO’LDOShEV,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar