(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

940 loyiha parrandachilik istiqboliga xizmat qiladi

jamiyat
Dekabr07/ 2015

Mamlakatimizda parrandachilikka ixtisoslashgan uch mingdan ziyod tadbirkorlik sub`ekti hamda fermer xo’jaliklarida qariyb 55 million parranda parvarishlanmoqda. Bu parhez go’sht va tuxum yetishtirish hajmini o’tgan yilning shu davriga nisbatan 7,6 foiz oshishini ta`minladi.

Poytaxtimizda O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston menejerlar va «Parrandasanoat» uyushmalari hamkorligida bo’lib o’tgan «YevroOsiyo – 2015» ikkinchi xalqaro parrandachilik forumida ana shu kabi raqamlar tilga olindi. Tadbirda O’zbekiston, Xitoy, Gollandiya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, Prezidentimizning 2008 yil 21 apreldagi «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollar ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan parrandachilik xo’jaliklariga 2012 yilning 1 yanvariga qadar soliq va bojxona to’lovlari bo’yicha berilgan imtiyozlar 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilib, naslchilik xo’jaliklari asosiy fao­liyat turi bo’yicha barcha soliqlar va majburiy to’lovlardan ozod qilindi. Shuningdek, sohaga tegishli korxonalar naslchilik mahsulotlari, texnologik uskunalar, ozuqa, vitaminli qorishmalar, zooveterinariya xizmati ko’rsatishni rivojlantirishda zarur texnologiya va yordamchi uskunalarni chetdan olib kirishda bojxona to’lovlari to’lamaydi.

– Tibbiy me`yorlarga ko’ra, bir kishining yillik o’rtacha tuxum iste`moli 121 dona deb belgilangan bo’lsa, mamlakatimizda bu ko’rsatkich 130 donani tashkil etmoqda, – deydi «O’zbekiston parrandachiligi» jurnali bosh muharriri Ahmadjon Rixsiboyev. – Parrandachilikni yanada rivojlantirish va mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida bu yil 940 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Yangi xo’jaliklarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun 77 milliard 740 million so’mdan ziyod mablag’ ajratilib, uch ming uch yuz ish o’rni yaratildi.

Xalqaro forum davomida parrandachilikni tashkil etish, kasalliklarga qarshi kurashish, naslchilik ishlarini yaxshilash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etishga bag’ishlangan taqdimotlar o’tkazildi.

Bekzod JOVLIYeV

Foydali havolalar