O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Atmosferada gaz miqdori ortmoqda

jamiyat
Iyun07/ 2015

AQShning kosmik tadqiqotlar markazi – NASA kosmik apparatlari Yer atrofida parvoz qilib, atmosferada karbonad angidrid gazi darajasi ortayotgani haqida xabar yuborgan. Buni tahlil qilgan olimlarning aytishicha, aynan shu omil iqlim o’zgarishlariga asosiy sabablardan biri bo’lishi mumkin.

– Biz atmosferada uglerod dioksidi miqdori, u mavsumdan-mavsumga, yildan-yilga qanday o’zgarishini o’rganamiz, – deydi NASA mutaxassisi Ennmari Eldering. – Shuningdek, ana shu ma`lumotlarga tayanib, biz karbonad angidrid gazining iqlim o’zgarishiga yaxlit ta`siri qandayligini ham tadqiq etamiz. Karbonad angidridning haddan tashqari ko’p miqdori atmosferada issiqlikni ushlab turadi. O’z navbatida, bu iqlim o’zgarishining bosh omillaridan biri bo’lib, dengiz sathining ko’tarilishi va anomal ob-havo sharoitini keltirib chiqaradi.

Internet materiallari asosida Rufat NE`MATOV tayyorladi.

Foydali havolalar