O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Atrof-muhit muhofazasi ham davlat, ham jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi

jamiyat
Iyun07/ 2015

O’zbekiston ekologik harakati Markaziy kengashining navbatdagi plenumi bo’lib o’tdi. Unda Ekoharakatning joriy yilda amalga oshirayotgan ishlari sarhisob qilinib, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Yig’ilishda ta`kidlanganidek, bugun ekologik muvozanat va qulay atrof-muhit muhofazasini ta`minlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. O’zbekistonning bu boradagi nuqtai nazarini Ekoharakat muntazam ravishda ifodalab kelmoqda. Bu, ayniqsa, ekoharakat deputatlik guruhi a`zolarining sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan faoliyatida yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Anjumanda aytilishicha, bugun atrof-muhit va aholi salomatligi muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik ta`lim-tarbiyani rivojlantirish yo’nalishlarida ko’plab loyihalar hayotga tatbiq etilayotir. Plenumda shu xususida so’z yuritilar ekan, «Yurtimizni obod qilaylik!» shiori ostida amaliy tadbirlar muntazam o’tkazilayotgani, maktab o’quvchilari o’rtasida «Onajonim tabiat», oliy o’quv yurtlari talaba-yoshlari o’rtasida «Global iqlim o’zgarishiga moslashish bo’yicha eng yaxshi g’oya», «Tibbiyot, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ekologiya» mavzularida tanlovlar tashkil etilayotganiga urg’u berildi.

Hisobot davrida Ekoharakatning das­turiy vazifalaridagi yetti ustuvor yo’nalish bo’yicha aniq va maqsadli ishlarni tashkil etishga jiddiy e`tibor qaratildi. Amaldagi ekologik davlat dasturlari ijrosini ta`minlash, atrof-muhit va aholi salomatligi muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga jamoatchilikni yanada keng jalb etish maqsadida amaliy tadbirlar tashkil etildi.

– Shu kunga qadar 110 mingdan ortiq faollarimiz va ekspertlar ishtirokida mingdan ziyod turli amaliy-tahliliy tadbirlar o’tkazildi, – dedi O’zbekiston ekologik harakati Markaziy kengashi Ijroiya qo’mitasi raisi Boriy Alixonov. – Ekologik barqarorlikni ta`minlashda jamoatchilikning ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida markazda va joylarda keng ko’lamli targ’ibot ishlari tashkil etilayotir. Ularda aholining ekologik madaniyatini oshirish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash borasidagi muammolar yechimini topish, bu jarayonga yoshlarni keng jalb etishga yo’naltirilgan 300 dan ortiq targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Ekoharakat tomonidan aholi turarjoylarining ekologik va sanitariya-epidemiologik holatini o’rganish, «Ekologik nazorat to’g’risida»gi Qonunning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish ham doimiy e`tiborimizda. Bu yo’nalishda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan muntazam hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Ekoharakat ekologik va tibbiyot yo’nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishga ham jiddiy e`tibor qaratdi. Ekoharakat bugungi kunda 120 ta ekologik va 130 ta tibbiyot yo’nalishidagi nodavlat notijorat tashkilot bilan doi­miy aloqa olib bormoqda.

Shuningdek, plenumda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda Ekoharakatning hududiy bo’linmalari tomonidan dasturiy vazifalarni bajarishda ayrim kamchiliklar ham kuzatilayotgani qayd etildi. Jumladan, ayrim hududiy bo’linmalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, hududiy bo’linmalar Kengashlari a`zolari salohiyatidan foydalanish, «Yoshlar qanoti» faoliyatini va «Ishonch telefoni» tizimini rivojlantirish masalalarida kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Ayrim hududiy bo’linmalar tomonidan o’tkazilayotgan tadbirlar samarasizligi, faoliyatini mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritishga yetarli e`tibor qaratmayotgani ta`kidlandi. Shu bois tadbirda mazkur kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish, bu yo’nalishdagi ishlarni tizimli kuchaytirish borasida tavsiyalar berildi.

Plenumda 2016 yilda Ekoharakat ustavi va dasturiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlariga uslubiy yordam ko’rsatish, ekologik ta`lim tizimini rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar ishlab chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

 

Sodirjon JAKBAROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

Ekoharakat deputatlar guruhi a`zosi:

– Erishgan yutuqlarimiz ko’p. Biroq dasturiy vazifalarimizni bajarish borasida kamchiliklar ham yetarli. Xususan, hududlarda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik masalalarida sustkashlikka yo’l qo’yildi. Markaziy kengashning o’tgan plenumida qabul qilingan qarorning ayrim bandlari to’liq bajarilmay qoldi. Jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik holatni yaxshilashga keng jamoatchilikni jalb etishga yo’naltirilgan dasturiy vazifalarimizni bajarish yo’nalishida yetarli ishlar amalga oshirilmadi. Hududiy bo’linmalar faoliyatini yanada jonlantirish bugun oldimizdagi eng muhim vazifadir.

 

Aysanim BEGIMOVA,

Ekoharakatning Qoraqalpog’iston Respublikasi

hududiy bo’linmasi rahbari:

– Plenumda 2016 yilda Ekoharakat Markaziy kengashi va uning hududiy bo’linmalari Kengashlari a`zolarining Ekoharakat ustav va dasturiy vazifalarini bajarishda ishtirokini faollashtirish, ular salohiyatidan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Ular asosida atrof-muhit muhofazasi, ekologik vaziyatni sog’­lomlashtirish, sog’lom muhit yaratish orqali aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlarimizni yangi sifat bosqichiga olib chiqish talab etilmoqda. Hududlarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitar-ekologik holatni yaxshilash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish kabi masalalarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga jiddiy e`tibor qaratayotganimiz mamlakatimiz milliy xavfsizligining ajralmas qismi bo’lgan ekologik xavfsizlikni ta`minlash faoliyatimizning ustuvor yo’nalishi bo’lib qolayotganidan dalolatdir. Ekoharakat va uning ko’p ming sonli faollari bundan keyin ana shu ezgu maqsadlar yo’lida kuch-g’ayratrini ayamaydi, deb o’ylayman.

Nuriddin UBAYDULLAYeV,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar