O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Axloq me`yorlari buzilsa, kim hushtak chaladi?

Happy young pair in park under a steadfast spiteful sight
jamiyat
Iyun07/ 2015

Darsdan so’ng sekin o’yga tolib ketayotgan paytimda, juda xunuk manzaraning guvohi bo’ldim. Bir yigit va qiz yo’l chetidagi o’rindiqda bir-birining pinjiga yopishib, noo’rin qiliqlar qilib o’tiribdi. Voy, sharmanda! Qulog’imgacha qizarib, uyalib ketdim. To’g’risi, xayolimga shu onda boshqa so’z kelmadi. Atrofda o’nlab odamlar beparvo, u yoqdan bu yoqqa tinmay o’tib qaytardi. O’zimga savol berdim. Ular nega bu holatga beparvo, go’yo ko’rmasdan o’tib ketishmoqda? Yoki bunday manzaralarni ko’raverib ko’zimiz pishib, bu bir odatiy holga aylanib qoldimikin?

Bunga o’xshagan uyat nimaligini bilmaydigan yoshlarning ko’payib borayotgani haqidagi gaplar haqiqatga aylana boshladi. Ular ko’cha- ko’yda, xiyobonlarda, istirohat bog’larida oq qog’ozga tushgan dog’ kabi tashqaridan qaraganda xunukdan-xunuk manzara hosil qilib o’tirishlarini hech aqlimga sig’dirolmayman.

Men tamomila karaxt, qotib qolgandim. Qizning ko’zi menga tushdi. Ammo u uyalib yerga qarash o’rniga yana yigitning bo’yniga osilib, suykala boshladi. Ha, agar u odamlardan uyalganida bu yerda shu alfozda o’tirmasdi. «Oshiq-ma`shuq»lar atrofdagi odamlarga e`tibor ham bermasdi, go’yo ularni hech kim ko’rmayotgandek. Faqat bitta fikr xayolimda tinmay aylanardi. Nomus o’lyapti! Furur yer bilan yakson bo’lmoqda. Bu holatni bosh­qacha izohlab bo’lmaydi.

Inson dunyoga kelganda xoh qiz, xoh o’g’il bola bo’lsin, ota-ona unga ezgu niyatlar bilan chiroyli ism qo’yadi. Yaxshi tarbiya berishga harakat qiladi. Birovdan kam bo’lmasin deb bor mehriyu topgan tutganini baxshida etadi. Farzandi oqil, dono, ilm-ma`rifatli bo’lishini istab, maktab tomon yetaklaydi. Keyin ne-ne umidlar bilan oliy ma`lumot olishi, kasb-hunar o’rganishi, hayotda o’z o’rnini topishi uchun sharoit yaratadi.

Endi o’ylab ko’raylik, «oshiq-ma`shuq»­ning ota-onasi farzandlarining bu ahvolini, ko’cha-ko’ydagi yuzsizlarcha qiliqlarini bilarmikin? Agar mening o’rnimda ularning ota-onasi, ustozlari, yaqinlari bo’lganida qanday ahvolga tushgan bo’lardi? Yoki bu yoshlar ota-onaning ishonchi va umidi poyiga bolta urib, o’zlarini baxtli his qilishmoqdami?

Xalqimizda qiz bola ibo-hayo, yigit esa oriyat, g’urur timsoli sifatida gavdalanadi. Ammo bugun bunday noma`qulchilik avj olib bormoqda. Fojianing eng ayanchli tomoni esa bugun biz bu kabi vaziyatlarni ko’rib, beparvo o’tib ketayotganimizda emasmi? Vaholanki, har qanday jirkanch illatni tag-tomiri bilan qo’porib tashlashga qodir bo’lgan ma`naviyatga ega xalqning farzand­larimiz.

Biz kimga taqlid qilib bu ko’yga tushmoqdamiz? Nahotki, yigit va qiz munosabatlari ko’cha-ko’ydagi tomoshaga aylanib qolyapti? Chet el filmlaridagi ko’plab behayo epizodlaru kliplardagi bema`ni qiliqlar bizga namuna bo’lyaptimi? Endi yuzlarimiz uyatdan qizarmay qo’ydimi?   Ko’cha-ko’yda, jamoat joylarida, ayrim hollarda, hatto ishxonalarda ham yarim yalang’och yurganimiz, yirtiq-yamoq kiyimlarni egnimizga libos o’rnida kiyib olganimiz yetmagandek endi or-nomus, ibo-hayoni ham unut­yapmizmi?

Bu og’ir savollar har birimizni jiddiy muhokama qilishga, o’z atrofimizga befarq bo’lmaslikka undab turishi kerak, deb o’ylayman.

Yozuvchi Abdulla Qahhor shunday yozgan edi: «Yo’l qoidalari buzilsa, yo’l patrul xizmati xodimlari darrov hushtak chaladi va jarima belgilaydi, qoidani buzgan albatta, jazolanadi». Xo’sh, endi o’zimizga savol beraylik, axloq me`yorlariga darz ketsa, madaniyatga, ma`naviyatga   oshkora tahdid solinsa, turli behayoliklar ko’paysa, ayting kim hushtak chaladi?

Adolat MO’MINOVA,

«Jamiyat» mahorat maktabi tinglovchisi

Teglar:

Foydali havolalar