O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Forum hamkorlikka chorlaydi

интернет
jamiyat
Avgust07/ 2015

O’zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining IV Milliy forumi o’tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarda fuqarolik jamiyati institutlari, Nodavlat notijorat tashkilotlar va davlat organlari o’rtasida ijtimoiy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda NNTning rolini yanada oshirish masalalari atroflicha tahlil qilinmoqda.

Xususan, Andijon viloyatida o’tkazilgan forumda «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi va «Ekologik nazorat to’g’risida»gi Qonunlarning mazmun-mohiyatini ochib berish va ularni amalga oshirishda NNTning faolligini oshirish, shuningdek, «Keksalarni e`zozlash yili» Davlat dasturida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish kabi masalalar qizg’in muhokama qilindi. Shu bilan birga, jamoat tashkilotlarining axborot-tahlil faoliyati borasida NNT faollarining kasbiy bilim va ko’nikmalarini oshirishni o’z ichiga olgan seminar-trening tashkil etildi.

Aytish o’rinliki, bugungi kunga qadar viloyatdagi 50 ta nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining loyihalari uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa ins­titutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 613 million so’m miqdorida grant ajratilgan.

– 2007 yildan buyon faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotimiz yoshlarning fan, ta`lim, madaniyat, san`at, sport, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, tibbiyot kabi ko’plab sohalarda o’z iqtidori, salohiyatini yuzaga chiqarishga hamda kasbiy mahoratini oshirishga ko’maklashib kelayapti, – deydi Andijon viloyatidagi «Hamroh» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Nigora Madazimova. – Davlat granti mablag’lari asosida amalga oshirilgan «Dunyo – yoshlar nigohida», «Bitiruvchi – o’z kasbingni o’zing tanla!», «Eng yaxshi biznes loyiha», «Eng yaxshi biznes loyiha – Start Up» hamda «Tadbirkor qizlarni qo’llab-quvvatlash markazini ochish» kabi loyihalarimiz grant mablag’lariga sazovor bo’ldi. Bu maqsadlarga erishishda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga qaratilayotgan yuksak e`tibor, yaratilayotgan keng imkoniyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi forum NNT o’rtasida fikr, tajriba almashishda alohida o’rin tutadi. U biz, fuqarolik sektori vakillariga dolzarb ijtimoiy vazifalarni bajarishda davlat organlari bilan hamkorlik samaralarini oshirish masalalarini muhokama qilish imkonini berdi.

Xorazmda o’tkazilgan forumda esa O’zbekiston Respublikasining Kons­titutsiyasiga muvofiq, mamlakatimizda ijtimoiy hayotni faollashtirishga doir keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta`kidlandi. Ishtirokchilar tomonidan fuqarolarga davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroki, NNT faoliyatining huquq va qonuniy manfaatlari himoyalangani qayd etildi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishda «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi Qonun muhim dasturil­amal bo’layotgani ta`kidlandi.

Bugungi kunda viloyatda 517 ta nodavlat notijorat tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ular demokratik institutlar, sportni rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta`minlash, tarixiy-madaniy va ma`rifiy qadriyatlarni tiklash, tadbirkorlik va fermerlikni qo’llab-quvvatlashga munosib hissa qo’shayapti.

– Ijtimoiy sheriklik munosabatlarida ishtirok etadigan davlat va nodavlat tashkilotlari bilan seminarlar, davra suhbatlari o’tkazilmoqda, – deydi O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Xorazm viloyat axborot-resurs markazi rahbari Rashida Masharipova. – Bundan ko’zlangan asosiy maqsad qonunning amaliy samaradorligini oshirishdir. Bugungi forumda ishtirokchilar ijtimoiy sheriklik, kimlar ijtimoiy sheriklik munosabatlarining sub`ekti bo’lishi mumkinligi, ijtimoiy sheriklik sub`ektlari qanday huquq va erkinliklarga egaligi va qaysi sohalarda amalga oshirilishi kabi masalalar xususida atroflicha tushunchaga ega bo’ldi.

Tadbirlarda «O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida», «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa qatlamlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish to’g’risida»gi qonunlar loyihalari ham muhokama etilayapti. Ishtirokchilar mazkur qonunlar loyi­halarini yanada takomillashtirishga oid fikr-mulohazalar bildirmoqda.

Mazkur forum 28 noyabrga qadar respublikamizning boshqa viloyatlarida ham o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

Bahriniso MADUMAROVA,

«Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar