O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Iqlim o’zgarishi to’g’risida uchinchi milliy axborotnoma tayyor

jamiyat
Iyul07/ 2015

O’zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, ilm-fan, fuqorolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida Iqlim o’zgarishi to’g’risidagi uchinchi milliy axborotnomani tayyorlashga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.

O’zbekiston 1993 yilda BMTning Iqlim o’zgarishi   to’g’risidagi doiraviy konvensiyasiga qo’shilib, uning talablari asosida qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, issiqxona gazlarining Milliy inventarizatsiyasini va iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Milliy axborotnomalarni tayyorlash xamda tarqatish bo’yicha samarali loyihalarni hayotga tatbiq etayapti. Mazkur axborotnomaning uchinchisini tayyorlash ishlari ayni paytda yakunlanish arafasida.

– Iqlim o’zgarishi insoniyat oldidagi glabal muammolardan biridir, – dedi Gidrometeorologiya xizmati markazi xodimi Malika Mirjamolova – Shu sababli ham konvensiyaga O’zbekiston birinchilardan bo’lib qo’shilgan. Mamlakatimiz hozirgi vaqtgacha toza rivojlanish mexanizmi bo’yicha 15 ta loyihani amalga oshirdi. Mamlakatimiz MDH va Sharqiy Yevropa davlatlari orasida ro’yxatga olingan toza rivojlanish mexanizmi loyihalari bo’yicha birinchi o’rinni egallamoqda. Shuningdek, o’n yildan ortiq vaqt davomida turar joy binolari va ijtimoiy ob`ektlarni quyosh yordamida isitish qurilmalariga asoslangan issiq suv bilan taminlash tizimlari yaratilib, ulardan samarali foydalanib kelinmoqda.

Murodjon O’rinov

Foydali havolalar