O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tibbiyot rivoji xastaliklarni o’z vaqtida bartaraf etadi

Jahon
jamiyat
Avgust07/ 2015

Dunyoda har yili davolash mumkin bo’lgan oddiy kasalliklardan 700 ming­dan ortiq kishi halok bo’ladi. Olimlarning aytishicha, bu inson tanasining xastalikka qarshi kurashuvchanligining pasa­yishi bilan bog’liq. Gap shundaki, turli kasalliklarga qarshi yaratilgan antibiotiklarga odam organizmi o’rganib bo’ldi. Natijada ularning davolovchi xususiyati kamayib, ta`siri sezilmay qoldi.

– Hozirgi kunga kelib antibiotiklar bilan bog’liq vaziyat o’zgarmoqda, – deydi Ispaniya infeksiya kasalliklari va mikrologiya klinikasi tashkiloti matbuot xizmati rahbari Xuan Pablo Orkaxada. – Ayni paytda bizda antibiotiklar ta`sir etmayotgan bir qancha bemorlar bor. Afsuski, yangi preparatlar ishlab chiqarish borasida yetarli darajada ish olib borilmayapti. Infeksiyalarga qarshi kurashadigan samarali dorilar yo’qligi tufayli biz amaldagi kuchsizlaridan foydalanishga majbur bo’lyapmiz.

Aytish joizki, oxirgi yillarda kim­yoviy dorilar iste`moli xalqaro miqyosda 40 foizga o’sdi. Yevropada kasalliklarni bartaraf etish va nazoratini olib borish markazi (ECDC) ma`ruzasida aytilishicha, antibiotiklar bilan bog’liq holat Yevropada ham yaxshi emas. Mintaqada bu turdagi dori-darmon vositalarini me`yoridan ortiq qabul qilish ortgan.

Yuqoridagi ma`ruzaga ko’ra, qayerda antibiotiklarning iste`moli ko’proq kuzatilsa, o’sha yerda bemorlarda xastalikka qarshi kurashish imkoni pasaymoqda. Bundan tashqari, dori ta`sir qilmaydigan infeksiyalar soni ortib borayotir.

Shifokorlarning bildirishicha, vaziyat o’nglanmasa, 2050 yilga borib turli infeksiyalardan erta vafot etuvchilar soni yiliga 10 millionni tashkil etishi mumkin. Mazkur raqamlarni boshqa xastaliklar statistikasi bilan solishtirganda vaziyat nechog’lik jiddiy ekani yanada oydinlashadi. Xususan, har yili saratondan 8,2, qandli diabetdan 1,5 million kishi hayotdan ko’z yumadi.

ECDC vakillarining ta`kidlashicha, bu nafaqat insoniyat salomatligiga, balki xalqaro iqtisodiyotga ham jiddiy ta`sir ko’rsatadi. Agar bakteriyalarning qarshiligi davom etsa, 35 yildan keyin dunyo yalpi ichki mahsuloti 2-3,5 foizga qisqarib, 100 trillion dollar ziyon ko’riladi. Shu bilan birga, buning oqibatida tibbiyotdagi muammolar yanada yiriklashadi, xastalar ko’payib, shifokorlar yetishmovchiligi kabi masalalar kun tartibiga chiqadi.

Yaqin orada dunyoda samarasiz antibiotiklar asri boshlanishi mumkin, deyiladi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma`ruzasida. Ayniqsa, odamlar davolash mumkin bo’lgan oddiy infeksiyalardan ham vafot etishi hech gap emas. Dunyoning 114 mamlakatida olib borilgan tadqiqotlar ana shunday xulosa chiqarishga sabab bo’layotir.

Ma`lumki, 1945 yilda Aleksandr Fleming penitsillinni kashf etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan edi.

– Hali kelajakda penitsillinni istalgan dorixonadan va arzon narxda xarid qilishning imkoni bo’ladi, – degan edi u. – O’sha paytda inson antibiotikni mikroblarni yo’q qiladigan darajada iste`mol qilishi lozim, aks holda mikroblarning antibiotiklarga qarshi kurashuvchanligi oshib boradi va dorilarning ijobiy ta`siri yo’qoladi.

Bu so’zlar aytilganiga 70 yildan ortiq vaqt o’tayapti, ammo u bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Insoniyat oldida yana bir dolzarb – kasalliklarga qarshi kurashish muammosi turibdi. Shunday ekan, mutaxassislar ekologiya va atrof-muhitni asrash, kasallik qo’zg’atuvchi chiqindilar yig’ilishining oldini olish xalqaro jamoatchilikning birinchi galdagi vazifasiga aylanishi lozimligini qayta-qayta ta`kidlamoqda.

Internet materiallari asosida Rufat NE`MATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar