(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Toza havo – tabiat in`omi

Экология ва жамият
jamiyat
Dekabr07/ 2015

O’zbekiston ekologik harakati Toshkent viloyat hududiy bo’linmasi tashabbusi bilan Zangiota tadbirkorlik va servis kasb-hunar kollejida «Toza havo – tabiat in`omi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Ta`kidlandiki, o’lkamizga kuz fasli kelishi bilan xazon mavsumi boshlanib, mahallalarda, ayrim korxona va tashkilotlar hududlarida xazonlarni to’plab yoqib yuborish holatlari kuzatiladi. Statistik ma`lumotlarga ko’ra, 1 tonna xazon yoqilganda atmosferaga 30 kilogramm uglerod oksidi tashlanadi. Bundan tashqari, inson salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi boshqa moddalar, ya`ni oltingugurt angidridi, qurum, azot oksidi va murakkab tarkibli organik birikmalar ham tashlanadi.

Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga qat`iy rioya qilish atrof-muhit musaffoligini ta`minlash va inson salomatligini himoyalashda alohida ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, fuqarolar, mahalla faollari, ayniqsa, yoshlar sog’lom ekologik vaziyatni saqlash ishlaridan chetda qolmasligi lozim. Ekologik qoidalarni buzgan shaxslarning aniqlanishida mahalla faollari va yoshlarning roli juda ham muhim.

Jamoat ekologik nazo­­­­ra­­ti amalga oshirilishida O’zbe­kis­­ton­ ekologik harakatining «Ishonch telefoni» muhim o’rin tutmoqda. O’tgan davr mobaynida «Ishonch telefoni»ga fuqarolardan 2 mingdan ortiq murojaat bo’ldi. Ularning 70 foizdan ko’prog’ida ko’tarilgan muammolar ijobiy hal qilindi. Aholidan tushgan shikoyatlar orasida xazon yoqilishi bilan bog’liq masalalarga ham alohida e`tibor qaratilgan. Ushbu murojaatlar bo’yicha reyd­lar uyushtirilib, muammolarning yechimini topish borasida tegishli tashkilotlar tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida muammoning oldini olishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari sa`y-harakatini birlashtirish, ularning o’zaro hamkorligini kuchaytirish juda katta ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Xudoyberdi AZZAMOV,

Ekoharakatning

Toshkent viloyati hududiy

bo’linmasi rahbari

Foydali havolalar