O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mustahkam poydevor yangi marralarga boshlaydi

Jamiyat
Sentabr01/ 2016

Biz kuzatgan 2015 yil O’zbekiston uchun eng yuksak maqsad – dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga ko’tarilish yo’lida yana bir zalvorli va shaxdam qadam bo’ldi. Jahonda global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan, dunyo bozorlarida vaziyat noaniq bo’lib qolayotgan bir sharoitda yalpi ichki mahsulotimizning o’sishi keyingi 11 yil davomida 8 foizdan kam bo’lmayotgani hech mubolag’asiz ulkan tarixiy voqea hisoblanadi.

 Yurtboshimiz xalqimizga Yangi yil tabrigida qayd etganidek, «Mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan beqiyos o’zgarishlarni, xonadonlarimiz, mahalla, shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimizning qiyofasi tobora obod va go’zal bo’lib borayotganini hisobga olib, oxiriga yetayotgan yilimizga yakun yasab, xolisona aytadigan bo’lsak, 2015 yil biz uchun har tomonlama xosiyatli va fayzli bo’ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor».

Haqiqatdan ham, birgina iqtisodiyot sohasini olib ko’radigan bo’lsak, 2015 yilda yurtimizda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ko’proq investitsiya loyihalari yakuniga yetkazildi, qariyb 4 mingga yaqin yangi quvvatlar ishga tushirildi. Qish bo’lishiga qaramasdan, bozorlarimiz to’kin-sochin. Arzon va sifatli mahsulotlar xalqimiz das­turxoniga yetkazib berilmoqda. Bularning barchasi mirishkor dehqon va fermerlarimiz turli qiyinchiliklarga qaramasdan 7 million 500 ming tonnadan ziyod g’alla, 3 million 350 ming tonna paxta, 14 million 500 ming tonnaga yaqin sabzavot va poliz, 4 million 300 ming tonna bog’dorchilik mahsulotlari yetishtirgani natijasidir.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti tez sur`atlar bilan yuksalib borayotgani bir vaqtning o’zida ijtimoiy sohani ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Misol uchun, aholimizning real daromadlari, ish haqi, nafaqa va pensiyalar miqdori oshirildi, o’tgan yili yuzlab oilalar yangi xonadonlarda, ayniqsa, qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida keng ko’lamda bunyod etilayotgan ko’rkam, hamma qulayliklarga ega turarjoylarda uy to’ylari o’tkazdilar. «Keksalarni e`zozlash yili» Davlat dasturi ijrosi doi­rasida minglab urush va mehnat fronti faxriylari, shuning­dek, yolg’iz va ijtimoiy ko’makka muhtoj qariya­larning yashash sharoitlari yaxshilandi, ular uchun kommunal xizmatlar bo’yicha kompensatsiya to’lovlari amalga oshirildi, tibbiyot muassasalarida davolandi, sanatoriylarda o’z salomatligini tikladi. Bu yurtimizda inson sha`ni buyuk qadriyat darajasiga ko’tarilganini anglatadi.

Muhtaram Prezidentimiz yangi – 2016 yilimiz ham xosiyatli va samarali bo’lishiga qat`iy ishonch bildirdi. Buning asosi – oldingi yillarda mamlakatimizda yangi zafarlarga erishishga har tomonlama mustahkam poydevor yaratilgani, xalqimizning yuksalish yo’lida uchraydigan turli qiyinchilik va to’siqlarni yengish uchun katta tajriba to’plaganidir. Ana shunday ishonch asosida 2016 yil ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha qator sohalarda o’tgan yildagiga nisbatan ancha yuqori marralarga erishish mo’ljallanmoqda.

Xususan, umumiy qiymati 5 milliard 500 million dollar bo’lgan 164 ta yirik ishlab chiqarish ob`ektida qurilish ishlarini yakuniga yetkazish va ularni foydalanishga topshirish ko’zda tutilmoqda. Bunday salmoqli loyihalar milliy iqtisodiyotimizning tayanch ustunlaridan hisoblangan Tollimarjon va Angren issiqlik elektr stansiyalarida, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida, Muborak gazni qayta ishlash zavodida, «Jeneral motors – O’zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida va boshqa yirik korxonalarda amalga oshiriladi. Shuningdek, zamonaviy traktorlar, yangi rusumdagi mobil telefonlar, planshet kompyuterlari, noutbuklar, televizor va xolodilniklar, konditsionerlar hamda boshqa maishiy elektr texnika buyumlari, keng turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqaradigan quvvatlar ham foydalanishga topshiriladi.

E`tibor berib qarasangiz, iqtisodiyotimiz uchun yangi bo’lgan sohalar ham tez o’zlashtirilmoqda hamda tez sur`atlar bilan rivojlanmoqda. Bu import o’rnini bosuvchi mahsulotlar turlari ko’payishidan, mamlakatimizning eksport salohiyati tobora ortib, mustahkamlanib borishidan dalolatdir.

Bir so’z bilan aytganda, 2016 yilda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti yuqori o’sish sur`atlarini saqlab qoladi. «O’zbekis­tonda ishlab chiqarilgan» yorlig’i ostida yana ko’plab mahsulotlar jahon bozoriga chiqadi. Bu ming­lab ish o’rinlari yaratilishi, aholining ijtimoiy himoyasi kuchayishi, xalqimizga qancha-qancha yangi qulayliklar yaratilishi odamlarning turmush darajasi va sifati yana bir pog’ona ko’tarilishiga omil bo’ladi.

 

Qalandar ABDURAHMONOV,

iqtisod fanlari doktori, professor

Teglar:

Foydali havolalar