O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

«Dunyo keksalari…» bilan tanishib

Jamiyat
Avgust01/ 2016

Xonadonlarimiz, qalbimiz to’ridan joy egallagan nuroniy­lari­miz­ hamisha izzatu-ikromda. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hamohang bo’lgan davlatimiz siyosatida keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoyalash tadbirlari alohida o’rin egallagan. Ammo dunyoning boshqa davlatlarida yoshi ulug’larning oiladagi, jamiyatdagi o’rni qanday, degan savol ko’pchilikni qiziqtiradi, albatta. Jurnalist Laziz Rahmatovning O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chop etilgan «Dunyo keksalari: Keksalar dunyosi» kitobini o’qib, ana shu kabi savollarga javob topishingiz mumkin.

Изображение 024

Muallifning qayd etishicha, keksalarni ijtimoiy himoyalash tadbirlari dunyo hamjamiyati e`tiboridagi muhim masalalardan biriga aylanayotir.   Xususan, Afrika mamlakatlarida keksalik jarayonlari va pensiya tizimiga doir ma`lumotlar to’plash amaliyoti cheklanganiga qaramay, bu yerda ham ahvol yil sa­yin yaxshilanib bormoqda. Mintaqada qarilik muammolari, amaliyoti va tad­qiqotlari bilan maxsus guruh shug’ullanayotir. Qit`aning ba`zi mamlakatlarida esa hukumat qariyalar manfaatlarini ifoda etuvchi, jumladan, turli avlod vakillari o’rtasida o’zaro aloqa o’rnatilishini ta`minlovchi, keksalarni parvarishlash yo’nalishida mutaxassislar tayyorlovchi fuqarolik jamiyati tashkilotlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlamoqda.

Shuningdek, risolada Germaniya va Fransiya kabi ayrim Farb davlatlarida amaldagi pensiya ta`minoti tizimi demografik vaziyatlar hamda mavjud ijtimoiy qarama-qarshiliklar tufayli jiddiy qi­yinchiliklarga uchrayotgani, Buyuk Britaniya va Yaponiya kabi mamlakatlarda esa pensiya miqdorining balandligi hamda kafolatli ekanligi keksalarning hayot darajasi va sifati oshib borishida hal qiluvchi omil bo’layotgani qayd etilgan. Davlatlarda turli shaklda amal qilayotgan pensiya ta`minoti tizimlarining barchasi qariya­larning huquqiy, moddiy va tashkiliy shart-sharoitlarini yuqori darajada saqlab qolishga qaratilgani ta`kidlangan.

Muallif ana shu kabi fikrlarini bayon etar ekan, yaqin 20 yil ichida dunyo aholisi tarkibida pensiya yoshidagi qariyalar soni keskin oshishi, hatto eng rivojlangan davlatlar ham pensiya to’lovlariga yo’naltirilgan mablag’larning tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkinligi haqidagi ilmiy farazlarga asoslangan mulohazalarini o’rtaga tashlaydi. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun dunyo mamlakatlarida pensiyaga chiqish yoshini 65-68 ga ko’tarish, ayollar va erkaklarning pensiya yoshini tenglashtirish taklifi bildirilayotganini aytib o’tadi.

Risola yakunida xalqaro tashkilotlar tomonidan bildirilgan kelgusida davlatlarda 60 yoshdan oshgan aholi ulushi, pensiyaga chiqish yoshi hamda umr ko’rish davomiyligi ko’rsatkichlari, aholisi uzoq umr ko’ruvchi mamlakatlar reytingi haqidagi jadvallar ham kitobxonlarda katta qiziqish uy­g’otishi tabiiy. Bu kabi xalqaro doiradagi izlanishlar professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar foydalanishi uchun muhim qo’llanmaga aylansa, ajab emas.

Nargiza HUSANOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar