O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Fuqarolik jamiyati institutlari aholi nigohida: ijtimoiy so’rov natijalari

Jamiyat
Oktabr01/ 2016

O’zbekistonda mamlakatni modernizatsiyalash va demokratik yangilash jarayonlarida fuqarolik jamiyati ins­titutlarining rolini kuchaytirish, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy bilimi, ijtimoiysiyosiy faolligini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti aynan fuqarolik jamiyati asoslari shakllanishi jarayonlari ustidan tizimli monitoring olib boradi. Ins­titut mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy jarayonlar har tomonlama tahlil qilinib, baholab borilmoqda. Shu bilan birga ochiq demokratik davlatning muhim sharti hisoblangan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilining amaldagi ijrosi tahlil qilinadi.

Bugungi kunda Institut va uning hududiy bo’linmalari tomonidan fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonlari har tomonlama tadqiq etilmoqda. Davlat va jamiyatni boshqarishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishga yo’naltirilgan tadbirlar muntazam olib borilmoqda. Siyosiy partiyalarga o’z faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berilyapti. Aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish va davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini kuchaytirish borasida ham samarali tadbirlar yo’lga qo’yilgan. Muntazam ravishda aholining siyo­siy, huquqiy madaniyati rivojlanishi o’rganilmoqda.

Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonlarini tahlil qilishning eng muhim metodologik quroli bu tizimli ravishda sotsiologik tadqiqotlar olib borishdir. «O’zbekiston aholisining fuqarolik jamiyati institutlari fao­liyatiga nisbatan munosabati» mavzusidagi ijtimoiy tadqiqot doirasida NNT, OAV, siyosiy partiyalar, mahalla instituti, ular faoliyatini yanada takomillashtirishga nisbatan keng jamoatchilikning fikri o’rganildi. Reprezentativ so’rovda respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog’iston Respublikasidan jami 1 ming 399 nafar respondent ishtirok etdi.

Olingan natijalarni umumlashtirish mamlakatda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo’yicha qilingan ishlar o’zining ijobiy natijalarini berayotganini ko’rsatdi. Aholi fuqarolik jamiyati rivojlanishi jarayonlari, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatidan xabardor. Aholining asosiy qismi ular faoliyatida, misol uchun jamoatchilik ishlarida, xayriya tadbirlarida, NNT faoliyati va bosh­qalarda turli shakllarda ishtirok etadi. So’ralganlardan har uchinchisi (34 foiz) muhim ijtimoiy vazifalarni jamoa bo’lib hal etishda qatnashadi. Aholining fuqaroviy faollik ko’rsatkichlari, ayniqsa, xayriya sohasida yuqori (18 foiz), bu mahallalardagi o’zaro yordam ko’rsatish an`analari bilan bog’liq.

Bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlari milliy an`analar, ijtimoiy-sotsial munosabatlarning ko’p asr­lik tarixiy tajribasini o’zida namoyon etgan holda rivojlanmoqda. Har bir beshinchi respondent (20 foiz) fuqarolik jamiyati institutlari odamlarni yagona maqsad va vazifalar sari birlashtira oladigan, turli qatlamlar manfaatlarini birdek himoya qiladigan tashkilotlar ekanligiga ishonadi.

Joylarda targ’ibot-tashviqot ishlarining keng doirada olib borilishi aholining siyosiy-huquqiy madaniyati, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatidan xabardorlik darajasi ortishiga sabab bo’lmoqda. Jumladan, 45 foiz respondentning fikricha, fuqarolik jamiyati institutlari turli ijtimoiy muhim muammolarni hal qilishda ko’makdosh bo’lmoqda. Misol uchun, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko’rsatish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda o’zaro hamkorlik asosida ish olib borilyapti. Har o’ninchi respondentning (12 foiz) ta`kidlashicha, ular joylarda davlat dasturlari ijrosini ta`minlashda tashabbuskorlardan bo’lmoqda, ekologik muammolarni hal etishda faol ishtirok etmoqda.

Asta-sekinlik bilan an`anaviy shakllar barobarida ko’ngillilik fao­liyati, davlat organlariga tizimli murojaat etish, mahalliy hamjamiyat manfaatlarini himoya qilish (iste`molchilar huquqlarini himoya qilish, jonivorlarni asrash) kabi shakllari rivojlanmoqda. Ijtimoiy faollikning bunday turlarida ishtirok etishni xohlaganlar respondentlarning 21 foizini tashkil etgan.

Jamoatchilik fikriga ko’ra, fuqarolik institutlarining zaruriyati fuqarolarning o’z sotsial muammolarini mus­taqil hal qilishga intilishi bilan bog’liq. Bu o’rinda ularning faoliyati davlatdan to’laligicha ayri ko’rilmaydi, aksincha, NNT bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli dasturlari ijrosini ta`minlashda, mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligini oshirishda yelkama-elka turib ishtirok etmoqda.

So’ralganlar «uchinchi sektor» faoliyatining qanchalik foydaliligini amalda ko’rayotgani va his qilayotganini ta`kidlagan. Eng faol tashkilotlar sifatida joylarda «Kamolot» YoIH, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Kasaba uyushmalari va Savdo-sanoat palatasi kabilarni sanab o’tish mumkin.

NNTning asosiy faoliyat yo’nalishlari sifatida respondentlar aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirishda va kam ta`minlangan qatlamni har tomonlama qo’llab-quvvatlovchi kuch sifatida ko’ryapti. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko’ra, NNT tadbirkorlikni rivojlantirishda, ekologik muammolarni hal etishda faol ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida OAV jamoatchilik fikrini shakl­lantiruvchi muhim vosita ekani e`tirof etilmoqda. Tadqiqot natijalariga ko’ra, milliy OAVning faoliyati 80 foiz respondent tomonidan ijobiy baholangan. Jumladan, har to’rtinchi respondent (24 foiz) mahalliy OAVning tezkorligini, adolatliligi va ob`ektivligini (16 foiz) qayd etdi. Shu bilan birga, xalq manfaatlari uchun xizmat qilayotgani va haqqoniyligi (13 foiz), axborotning to’liqligi (12 foiz) va mus­taqilligi (12 foiz) kabi mezonlar alohida ta`kidlandi.

Barcha ommaviy axborot vositalari orasida nisbatan ommaviyligi va fuqarolik jamiyati institutlari faoliya­tini yorituvchi asosiy manbalardan biri sifatida mahalliy telekanallar ajralib turadi.

Internetda uz milliy domeni foydalanuvchilari soni ortib bormoqda. Aholini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni hal etishda va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda internetdan foydalanuvchilar ham faol qatnashyapti. Bularning bari nodavlat OAVni qo’llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar samarasi sifatida baholanmoqda.

Aholi siyosiy partiyalarning faoliyatiga ham katta qiziqish bilan qaramoqda. Partiyalar o’rtasidagi raqobatning kucha­yishi, ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi, davlat boshqaruvi organlari faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokini kengaytirish mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ko’rsatkichdir. Respondentlar bu jarayonlarda ham faol qatnashayotganini bildirgan. Shu bilan birga, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolarni saylovchilar bilan birga hal qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish, deputatlik korpusi bilan saylovchilar o’rtasida muntazam uchrashuvlarni tashkil etish, partiya g’oyalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan turli aksiyalar o’tkazish tashabbusini ta`kidlagan.

So’ralganlarning fikricha, fuqarolik jamiyatining mahalla instituti mamlakat ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, u bugungi kunda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlovchi adolatli institutga, oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiruvchi markazga aylandi. Jamoatchilik fikri yuklatilgan vakolatlar sabab mahallaning nufuzi kun sa­yin ortib borayotganini ko’rsatadi. 73 foiz respondent xuddi shu fikrni tasdiqlagan.

O’tkazilgan so’rov fuqarolarda siyosiy, huquqiy madaniyat hamda ijtimoiy faollik yanada oshganini namoyon etmoqda. So’rovda ishtirok etganlarning asosiy qismi o’zining huquq va majburiyatlarini biladi, yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat qurish va uni rivojlantirishning kafolati ekanini yaxshi anglaydi. Respondentlarning fikricha, aynan fuqarolik jamiya­ti institutlari bu jarayonga yanada keng­roq jalb etilmoqda va jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda faol ishtirok etmoqda.

Aholining fuqarolik jamiyati va uning asosiy institutlari haqida xabardorligi, huquqiy bilimi ortishi fuqarolar o’z-o’zini boshqarishi hamda ijtimoiy faollik ko’rsatishida muhim sanaladi. Bu bilan mamlakatni demokratik yangilash, modernizatsiyalashda uchinchi sektorning o’rni va roli tobora yuksalib boraveradi.

Umuman olganda, o’tkazilgan tadqiqot bugun O’zbekistonda fuqarolik jamiyati holatini baholashga imkon berdi. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan o’rganilgan xulosalarga ko’ra, fuqarolik jamiyati institutlarining joylarda dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda faoliyatini yanada kuchaytirish talab etiladi.

Shuningdek, natijalarga asoslanib, NNT faoliyatini takomillashtirish, OAV rolini kuchaytirish, siyosiy partiyalar ishini yaxshilash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi. Respondentlarning fikriga ko’ra,

ayni paytda fuqarolik jamiyati institutlarining, ayniqsa, aholining iqtisodiy faolligini oshirish, yoshlar bandligini ta`minlash, sog’liqni saqlash va ekologiya, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, tibbiy xizmatni yaxshilash sohalarida tashabbuskorligini yanada kuchaytirish talab etiladi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti yangi yilda ham mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, o’rganish va tegishli xulosalar chiqarish ustida ish olib borishni rejalashtirgan. Bundan maqsad mamlakatning ertangi taraqqiyotida muhim siyosiy kuchga aylanayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va bu orqali mamlakatimizda kechayotgan demokratik yangilanishlarni yanada kuchaytirishdan iborat.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring

qilish mustaqil instituti matbuot xizmati.

Foydali havolalar