(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Oxiridan berganiga shukr!

Jamiyat
Yanvar01/ 2016

1c_1_Keksalarni e`zozlash yilida har yilgidan ham ko’ra ko’proq ezozu ehtiromga sazovor bo’ldik. Kunora mahal­la-ko’y, yor-birodar, yosh-yalang uyimizga kelib, hol so’rashi, suhbatda bo’lishi ko’nglimizni tog’dek ko’taradi.

To’y-hashamda hovlimiz baxtiyor bolalar kulgusiga to’lib ketadi. 40 nafardan oshiq chevara-evaralarimning yutuqlarini, muvaffaqiyatlarini ko’rib, ich-ichimdan quvonaman. Yaqinda 8-sinfda o’qiydigan chevaram Kamoliddin nemis tili fani bo’yicha bilimlar bellashuvining shahar bos­qichida birinchi o’rinni egalladi. Bundan oilaviy hammamiz xursand bo’ldik.

2015 yil Yurtboshimiz meni «Shuhrat» medali bilan taqdirladi. Toshkent shahar hokimining shaxsan o’zi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla ahli bilan xonadonimizga tashrif buyurib, Prezidentimiz nomidan meni muborakbod etarkan, bunday yuksak hurmat va ehtiromdan ko’zim yoshlanib, tinch va oso­yishta hayotimiz uchun behisob shukr qildim.

Umri mehnatda o’tgan ota-onam, bobo-buvilarim «Oxiridan bersin» deb ko’p aytardi. Afsuski, ularga na «boshi»dan, na «oxiri»dan nasib etdi. Ro’shnolik ko’rmagan yaqinlarimni o’ylab ba`zida kuyinsam, taqdirim ularnikiga o’xshamagani, qismat meni ajab siylaganini o’ylab suyunaman. Oxiridan berganiga shukr!

Salima G’ANIYEVA,

101 yosh, Toshkent shahar, Chilonzor tumani

Foydali havolalar