O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalqimizning olijanob fazilati

Безимени-1
Jamiyat
Oktabr01/ 2016

O’tgan yili Samarqandda «Sharq taronalari» X xalqaro musiqa festivalida bo’lib, ko’plab xorijiy sayyohlar, dunyoning turli mintaqalaridan kelgan san`at ahli bilan suhbat qildim. Shunda ularga birinchi navbatda xalqimizning qay bir hislati sizni ko’proq qiziqtirdi, deya savol berdim. Bu savolga aksariyati O’zbekiston xalqining eng olijanob fazilatlaridan biri bu uning samimiyligi va mehmondo’stligidir, deb javob qaytardi.

Xususan, butanlik musiqashunos Txinli Jiyansho urf-odatlarimiz bilan tanisharkan, jumladan, shunday dedi: «Aslida, mehmondo’stlik barcha xalqlar orasida ham qadrlanadi. Olis tog’ bag’rida joylashgan bizning mamlakatimizda ham bayramu bazmlarda, to’yu tantanalarda mehmondorchilik juda o’rniga qo’yiladi. Men sayohatda bo’lgan Osiyo va Yevropa, Afrikaning qator davlatlarida ham shunday. Ammo yurtingiz odamlari tanishgan har bir kishisini samimiylik bilan bir marta bo’lsa ham mehmon qilishni chin dildan istar ekan. Menimcha, bu sizlarda ulug’ qadriyat sifatida shakllangan bo’lsa kerak. Meni aynan shu narsa hayratga soldi».

Darhaqiqat, xalqimiz barcha zamonlarda ham mehmondo’stligi, mehmonnavozligi bilan hurmatga sazovor bo’lgan. Jahondagi juda ko’p yurt vakillari ana shu qadriyatimizni alohida ta`kidlab, doimo ehtirom, havas va hayrat bilan qaraydi. Biror o’zbek xonadoni, oilasi yo’qki, mehmonni xursandchilik bilan kutib olmagan, uyidagi bor ne`matlarni dasturxonga to’kmagan bo’lsa. «Mehmon – otangdan ulug’», «Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan», «Mehmonxonang tor bo’lsa ham mehru diling keng bo’lsin», «Mehmon oldida hatto mushugingni pisht dema» kabi maqol va hikmatlar bejizga aytilmagan.

Xalqimiz mehmondo’stlikni yaxshilik ramzi deb biladi. Uyiga tez-tez mehmon kelib turgan oilaning mahalla-ko’yda obro’si ortadi. Ularning farzandlarida ham xushfe`llik, samimiylik kabi yaxshi sifatlar shakllanadi.

– mehmon kutishning ham o’zgacha odobi, tartib-qoidasi bor, – deydi buxorolik Yormuhammad ota Shoyev. – Avvalo, uni ochiq chehra bilan kutib olish hamda uyga taklif qilish kerak. So’ng oldiga dasturxon yozilib, birinchi non, choy qo’yiladi. Dasturxonga tortilgan ne`matlar odamning qo’li yetadigan joyda bo’lishi, faqat yeyiladigan ne`matlar qo’yilishi maqsadga muvofiq. Mehmonni taomga taklif qilish, ammo bu ishda haddan oshmaslik kerak. taomlanayotganda ham sukut saqlamasdan uning ko’nglini oladigan gaplarni aytib, suhbatlashib o’tirish, uni uzoq vaqt yolg’iz qoldirmaslik, shuningdek, yonida hech kimga yomon munosabatda bo’lmaslik ham mehmonnavozlikning odob qoidalariga kiradi. Mehmon izn so’raganda, izn beriladi va ochiq chehra bilan kuzatib qo’yiladi.

Mehmon kutish va mehmonga borish odobi haqida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida shunday deyiladi: «Sen qaysi ziyo­fatga borsang ham odob bilan ovqat yegin. Tartibqoidalarni bilmaydigan, farosatsiz, badfe`l kishi tartibli kishini ko’rsa boshi gangiydi.

Boshqa odam oldida turgan narsani cho’zilib oluvchi bo’lma, o’z qarshingga qo’yilganini olib ye. Zinhor betoqat va yengiltak bo’lma. Nima olsang tishla, maydalab chayna, issiq oshni og’zing bilan puflama. Kishining ko’ngli bamisoli yupqa shisha bo’ladi, uni juda avaylab ehtiyot qil, uni qo’zg’atma, sinadi…»

Bu kabi misollarni juda ko’plab keltirish mumkin. Nima bo’lganda ham xalqimizning ming yillik qadriyati hisoblangan mehmon­do’stlik odamlar o’rtasidagi birodarlik rishtalarini, ahillikni, o’zaro mehr-oqibatni mustahkamlashga xizmat qilaveradi.

 

Bekzod JOVLIYEV

Teglar:

Foydali havolalar