O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

YANGI YIL – OILAVIY BAYRAM

Jamiyat
Sentabr01/ 2016

…O’sha kuni Javlon ishdan kechroq qaytdi. Do’stlari qo’yarda-qo’ymay uni Yangi yilni nishonlashga olib ketdi. Ular shahardagi eng yaxshi kafelardan biriga borib o’tirdilar. Bazm yarim kechagacha davom etdi. Bu orada bo’yi uzun-qisqa shishalardan bir nechtasi bo’shab, ketma-ket qadah so’zlari aytildi. Qadrdon jo’ralar o’rinlaridan turganda hammasining kayfi oshib qolgan edi. Og’aynilarini uylariga tashlab qo’yish mas`uliyatini olgan Javlon shu holida rulga o’tirdi. Mashina yelday uchib ketdi. Katta chorrahaga yetganda ular o’tirgan ulov zarb bilan yuk mashinasiga urildi. Chunki, svetoforning qizil chirog’iga to’xtamay o’tib ketgan edi. Yangi yil kuni shaharning uch chetida bayram azaga aylandi…

Barchamiz bayram kayfiyatida yurgan shu kunlarda bejiz bu noxush voqeani eslamadik. Chunki «har kuni bayram bo’lib yotibdimi, buning ustiga Yangi yil bo’lsa, kel, bayramni bayramday qilib nishonlaylik» degan fikrlar ko’pchilikning xayolidan o’tishi tabiiy. Ammo ba`zi paytlarda bilib-bilmay qo’yilgan bitta noto’g’ri qadam nafaqat uning o’zini, balki yaqinlarini ham bir umrga azobga qo’yishi mumkin. Ana shunday noxush holatlar afsuski, bayram kunlarida ham yuz berib turishi dilni xira qiladi.

Bu sanani kim Qanday nishonlaydi?

Yangi yil bayramini har kim o’z dunyoqarashi, tabiati va albatta, imkoniyatidan kelib chiqqan holda nishonlaydi. Butun dunyoda keng bayram qilinadigan bu shodiyona hamma joyda turlicha nishonlanadi, turfa xil udum va odatlarga amal qilinadi.

Jumladan, italiyaliklar Yangi yilgacha qarzlaridan qutulishi, siniq idish, eski kiyim va mebellarni derazadan ko’chaga uloqtirishi kerak. Shuningdek, salbiy oqibatlardan qutulish uchun idish-tovoqlar sindiriladi. Farzand ko’rish orzusidagi er-xotinlar birgalikda anor yeydi, turmushlari farovon bo’lishini xohlaganlar esa 1 yanvar kuni cho’ntaklarini­ to’ldirib ko’chaga chiqadi. Shun­ga o’xshash odat Nepalda ham bor, ushbu mamla­katda oy­ to’lishgan tunda kat­ta gul­­xan yoqiladi va unga ke­­raksiz buyumlar tash­la­nadi.­

Xitoyda esa Yangi yilda uylar chinnidek tozalanib, ostonadagi eshikka oppoq qog’ozlar yopishtiriladi. Shu orqali qora kuchlar quviladi. Shuningdek, oila a`zolaridan biri bayramda qatnasha olmasa ham unga dasturxon atrofida joy qoldiriladi. Yangi yil kirib kelayotgan paytda pichoq ishlatilmaydi. Chunki u g’oyibdan keladigan baxt yoki omadni bexosdan kesib qo’yishi mum­kin ekan.

Vetnamliklar oy kalendari bo’yicha (20 yanvar va 20 fevral oralig’ida) nishonlaydigan Yangi yil Tet deb­ nomlanadi. Tet oilaviy bayram bo’­lib­,­ farzand va nabiralar bobo, buvi hamda ota-onalarini­ tabriklaydi. Kattalar­ ham oilaning kichik a`zolarini­ qutlab, ularga qizil xalta­chalarda pul sov­g’a qiladi. Vetnam­liklarda zog’o­rabaliq sotib olib, Yangi yil­dan kutayotgan niyatlarini ayt­gan holda ariq yoki ho­vuzlarga qo’yib yuborish an`anasi ham bor.

Yangi yil kutib olinadigan kuni Kubaga borib qolsangiz, uylaridagi barcha idishlarni suv bilan to’ldirib qo’yishganiga guvoh bo’lasiz. Yangi yil kechasi ular derazadan to’kiladi. Shunday qilib bu oroldagilar Yangi yil suvdek ochiq va tiniq bo’lishini istaydi.

Shuni ham aytish kerakki, bu bayramni har bir xalq turlicha nishonlasa ham ularni bir jihat umumlashtirib turadi. Umrning yana bir yilini kutib olish oldidan har kishi qalbida eng ezgu niyatlar, orzu-istaklar tuyadi. Yangi yildan yangi omad, baxt va muvaffaqiyatni umid qiladi.

Har narsada me`yor darkor

Mamlakatimizda keyingi yillarda Yangi yilda juda katta dabdaba bilan dasturxon bezash, eng qimmat ichimliklar keltirib, kim o’zarga turli taomlar tayyorlash tobora urf bo’lib bormoqda. Biroq har narsada me`yor bo’lganidek, ushbu ayyom ham tartibli, isrofgarchiliksiz kutib olinsa, nur ustiga nur bo’ladi.

– Yangi yil – oilaviy bayram, – deydi Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumanidagi Nodirabegim nomli mahalla fuqarolar yig’ini raisi Xayrulla Ziyamuhamedov. – Oila a`zolarining bir dasturxon atrofida bayramni nishonlashi, o’zaro hurmat, mehr-oqibatni yanada mustahkamlaydi. Men ko’pchilikka tushunmayman, Yangi yilni katta dabdaba bilan ko’cha-ko’yda, buning ustiga spirtli ichimliklar ichib kutib olishni xush ko’radi. Buning oqibatida esa ko’ngilsiz, hatto, fojiali holatlar yuz berganiga ko’p bora guvoh bo’lganman. Aslida esa bu bayramni oila davrasida o’tkazish kerak. Masalan, Navro’z ayyomini xalqimiz doimo o’yin-kulgu bilan keng nishonlaydi va bu qutlug’ ayyomda, buni qarangki, ko’ngilsizliklar deyarli bo’lmaydi.

Aytish kerakki, yurtimiz bo’ylab Yangi yil bayrami shukuhi kezayotgan shu kunlarda davlatimiz tomonidan yurtdoshlarimiz ayyomni ko’tarinki ruhda kutib olishi uchun barcha sharoit yaratib berildi. Jumladan, mamlakatimizning barcha hududlarida Yangi yil oldi savdo yarmarkalari tashkil etilib, mahsulotlar arzon narxlarda xaridorlarga taqdim qilindi. San`at saroylari va teatrlarda konsert dasturlari uyuushtirilib, yangi-yangi sahna asarlari namoyish etilmoqda.

Yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, elimizga xos bo’lgan mehmondo’stlik, bag’rikenglik singari fazilatlar Yangi yil bayrami shodiyonalari ko’tarinki ruhda o’tishini ta`minlamoqda.

Sodiq NORBOYEV,

Jurnalist

Foydali havolalar