O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

YANGI YILNI O’ZBEKISTONDA KUTIB OLISH — BAXT

Jamiyat
Iyun01/ 2016

Yangi yil bayrami arafasida poytaxtimiz ko’chalari, sayilgoh va bog’larida ko’plab xorijlik sayyohlarni uchratish mumkin. ­O’zA muxbirlari ularning taassurotlari bilan qiziqdi.

Lammert GALYaNO (Fransiya):

– O’zbekistonga o’n bir yil avval ham kelgan edim. O’tgan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar menda havas uyg’otdi. Toshkent tanib bo’lmas darajada o’zgarib ketibdi. Ko’plab zamonaviy inshootlar, yo’lu ko’priklar barpo etilibdi.

Rafiqam bilan kirib kelayotgan 2016 yilni O’zbekistonda kutib olayotganimizdan quvonchimiz cheksiz. Poytaxtingiz sayilgohlari, bog’u maydonlarini sayr qilib, bu yerdagi bayram tantanalarini tomosha qilib, biz ham bolalardek olam-olam zavq olyapmiz. Bu yerda qadrdon o’zbek do’stlarim bilan uchrashib go’zal xotiralar yodimga tushdi. Ular bilan bayramni o’ziga xos, zavqli nishonlashni rejalashtirmoqdamiz.

Toshiro MATsUDA (Yaponiya):

– O’zbekiston men uchun qadrli yurt. Men bu yerga 20 yil avval ham kelgan edim. Istiqlol yillarida xalqingiz faxrlansa arzigulik ulkan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritganini alohida ta`kidlashni istardim. Bu Prezident Islom Karimov rahbarligida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan oqilona siyosat samarasidir.

Butun dunyoni mahliyo qilgan tarixiy obidalaringiz, yuksak madaniyatingiz xalqingizning aql-zakovati, salohiyatidan dalolat beradi. O’zbekiston zamonaviy sayyohlik infratuzilmasiga ega bo’ldi. Mamlakatingizga kelayotgan sayyohlar soni yil sayin ko’payib borayotir. O’zbekistonda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, o’zbek xalqining mehmondo’stligi, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari, yuqori sifatli xizmat turlari sayyohlarning maroqli xordiq chiqarishi uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

Nikola RIChChI (Italiya):

– O’zbekistonga oilam bilan keldim. Qishki ta`tilni shu yerda o’tkazayotganimizdan xursandmiz. Ayniqsa, farzandlarimning quvonchi cheksiz. Mamlakatingizda bolalarning maroqli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar bizga juda manzur bo’ldi. Mustaqillik maydonida o’tayotgan bayram tantanalarini yayrab tomosha qilyapmiz. Bu yerda qad rostlagan muhtasham archa va ertaklar shaharchasi farzandlarimda katta taassurot qoldirdi. Poytaxtingizning ozoda, fayzli, bayramona bezatilgan ko’chalari va xiyobonlari, odamlaringiz yuzidagi tabassum kishi ko’nglini ko’taradi.

O’zbek xalqining mehmondo’stligi, mehr-oqibatli va bag’rikengligi bizni lol qoldirdi. Yurtingizda turli millat vakillarining ahil-inoq, hamjihatlikda hayot kechirayotganini ko’rib havasim keldi. Davlatingiz tomonidan xalqingiz farovonligini yuksaltirishga qaratilayotgan e`tibor samarasi har qadamda seziladi. Mamlakatingizda odamlarning baxtli hayot kechirishi uchun, jumladan, xorijliklarning mazmunli sayohat qilishi uchun barcha sharoit muhayyo qilingan.

Yangi yil dunyo xalqlarining eng sevimli bayramlaridan. Bu ayyom barchaga birday quvonch bag’ishlaydi. Bu yil Yangi yilni O’zbekiston xalqi bilan birga kutib olish imkoniyatiga ega bo’layotganimizdan xursandmiz. O’zbekiston xalqini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklaymiz. Xal­qingizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz.

Venyan TAN (Xitoy):

– Ishbilarmonlar va sarmoyadorlar uchun jozibador bo’lgan O’zbekistonga men ham tadbirkorlik qilish maqsadida keldim. Biznes safarim Yangi yil bayramiga to’g’ri kelganidan xursandman. Mamlakatingizda mazkur go’zal ayyom qay tarzda nishonlanishiga guvoh bo’lyapman.

Yangi yilni O’zbekiston xalqi katta shodiyona bilan kutib olmoqda. Bayram arafasida Toshkent sehrli shaharga aylangan. Go’zalligi bilan mahliyo etadigan archalar, rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan daraxtlar va binolar kishi ko’zini quvontiradi. Jajji bolakaylar bilan gavjum maydonlar, bog’lar va xiyobonlardagi bayram tantanalari dillarga zavq bag’ishlamoqda. Ayniqsa, O’zbekistonning yuragi hisoblanmish Mustaqillik maydoni ko’rkam, tantanavor, maftunkor va bayramona qiyofa kasb etgan. Ulkan archa, ertak qahramonlari, turfa chiroqlar va bezaklar bilan yasatilgan ushbu maskan kattayu kichikni bolalikning sehrli diyoriga yetaklaydi. Baxtiyor kichkintoylarning shodon kulgusi, dilrabo kuy-qo’shiqlar, jozibali raqslar, teatrlashtirilgan qiziqarli tomoshalar barchaga juda manzur bo’lmoqda.

O’zA muxbirlari Nodira MANZUROVA, Iroda UMAROVA yozib oldi.

Foydali havolalar