O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yuksak mas`uliyat – zalvorli mehnat

Jamiyat
Iyun01/ 2016

Prezidentimizning O’zbekiston xalqiga yo’llagan yangi yil tabrigini o’zgacha zavq bilan tingladik. Unda tilga olingan har bir raqam va har bir so’z zamirida xalqimizning bir yillik mehnati, yangi 2016 yildagi ulkan rejalari, orzulari mujassam. Albatta, mamlakatimizda kechayotgan jadal demokratik o’zgarishlarda nodavlat notijorat tashkilotlarning ham o’rni yildanyilga oshib bormoqda. Ayniqsa, men rahbarlik qilayotgan «Mashhur» ayollar va yoshlar markazi zimmasidagi mas`uliyat yangi yilda ikki hissaga ortdi, desam, mubolag’a bo’lmaydi.

Prezidentimiz yangi yil tabrigida ta`kidlaganidek, «Biz dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga ko’tarilishni eng yuksak maqsadimiz sifatida qo’ygan ekanmiz, bunday o’ta muhim va mas`uliyatli vazifa, avvalambor, hal qiluvchi kuch bo’lib maydonga chiqayotgan, zamonaviy bilim va tajribaga ega bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvarligi va hozirligi bilan ajralib turadigan yosh avlodimiz zimmasiga tushadi. O’rtaga qo’yilgan bunday ulkan vazifaning naqadar chuqurligini va mas`uliyatini hisobga oladigan bo’lsak, ta`lim-tarbiya sohasini rivojlantirishda, mablag’imizni ham, o’zimizni ham ayamasligimiz kerak, deb o’ylayman».

Bu so’zlar zamirida juda ulkan ma`no va mas`uliyat mujassam. Biz ham 2016 – Sog’lom ona va bola yilida oldimizga qo’ygan vazifalarni qayta ko’rib chiqib, yanada takomillashtirishni maqsad qilyapmiz.

Yurtimizda qiz bolalar – bo’lg’usi onalarning ham jismoniy, ham ma`naviy sog’lom bo’lib voyaga yetishi, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari sirasiga kiradi. Bu bejiz emas. Qiz bolaning kasb egallashi, o’zining mustaqil fikriga egaligi, hayotni anglashi u qurayotgan oilaning mustahkam va ishonchli bo’lishiga zamin yaratadi. Shundan kelib chiqib, bu yil uyda o’tirgan ayollarimizga kasb-hunar va biznes sirlarini o’rgatish, ularning tibbiy bilimlarini yanada yuksaltirish maqsadida o’quv seminarlari tashkil etishni yillik rejalarimizga kiritdik. Ayni paytda aynan oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish bilan bog’liq loyihani amalga oshir­yapmiz. Uni muvaffaqiyatli yakunlab, yangidan yangi tashabbuslar sari intilamiz. Davlatimiz rahbarining bizga, biz orqali xalqning tashabbuskor vakillariga bildirgan ishonchini albatta, oqlaymiz.

Azizaxon Yo’ldosheva,

«Mashhur» ayollar va yoshlar

markazi rahbari (Farg’ona viloyati)

Foydali havolalar