O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yer insonni boqa oladimi?

  • 1137
  • 1137
Jamiyat
Iyun02/ 2016

Hisobkitoblarga ko’ra, har yili dunyo aholisi 90 million kishiga ko’payib borayapti. O’sish shu zaylda davom etsa, odamlarning yashashi uchun sayyoramizning imkoniyati yetadimi, degan savol mutaxassislarni xavotirga solmoqda. Ayrim olimlar esa Yerda 16 milliard kishi yashashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bugungi kunda 1 milliard aholining asosiy talablari qondirilmayotgani, 7 foizi esa suv tanqisligidan aziyat chekayotgani hisobga olinsa, bu taxminlar o’zini oqlashiga ko’pchilik ishonmayapti.

Ayni paytda xalqaro jamoatchilikni ko’payib borayotgan aholini yetarli oziq-ovqat bilan ta`minlash muammosi jiddiy tashvishlantirmoqda. Non, guruch, o’simlik yog’i, sut, makkajo’xori, dukkakli o’simliklar va boshqa asosiy oziq-ovqat turlariga talabning ortib borayotgani vaziyatni og’irlashtirmoqda. Aholining eng kambag’al qatlamlari o’z daromadlarining uchdan ikki qismini oziq-ovqat uchun sarflaydi. Narx-navo esa yil sayin oshib borayapti.

Ana shunday murakkab holatdan kelib chiqib, 2016 yil BMT tomonidan Xalqaro dukkakli-g’alla ekinlari yili deb e`lon qilindi. Chunki dukkakli ekinlar, ayniqsa, loviya va no’xatning barcha turlari nisbatan arzon, oqsil va foydali unsurlarga boy. Ular Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo aholisining ovqatlanish ratsionida muhim o’ringa ega.

– Dukkakli ekinlar oziq-ovqat yetishmasligi, ocharchilik, ekologiya, inson sog’lig’ini yaxshilash muammolarini hal etishga muhim hissa qo’shishi mumkin, – deydi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. – Zero, biz yildan-yilga oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning ortib borayotganini kuzatayapmiz.

Haqiqatdan ham, dukkakli mahsulotlar inson hayoti uchun foydali. Haddan ortiq semirib ketish, surunkali kasalliklar – qandli dibet, yurak-qontomir va saraton kabilarning oldini olishda ularning o’rni yuqori. Bundan tashqari, ularda ­atrof-muhitni har xil zararli gazlardan tozalash xususiyati ­mavjud. Bunday o’simliklar ­turini ko’paytirish, ko’proq yetishtirish oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirsa, ikkinchi tomondan egologiyaga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.

Ayni vaziyatda esa oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida beqarorlik kuzatilmoqda. Xususan, o’tgan yili umumiy narxlar tushishi kuzatildi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) oziq-ovqat narxlari Indeksining yillik o’rtacha ko’rsatkichi 2015 yil davomida 164,1 punktni tashkil etib, yil yakuniga ­kelib esa 154,1 punktgacha pasaydi. ­Dekabr oyida indeks noyabrdagi ko’rsatkichdan yana 1 foizga tushgan. Go’sht, sut va krupa mahsulotlari ­narxlarining pasayishi esa shakar va o’simlik yog’i narxlarining ko’rsatkichi o’rtasidagi muvozanatga unchalik ham ta`sir etgani yo’q.

Guruch mahsulotlaridan iborat indeks 2015 yilda oldingi yilga nisbatan o’rtacha hisobda 15,4 foizga tushgan. Sutli mahsulotlarga bo’lgan narx­lar dekabr oyida 1 foizga pasaygan, 2015 yil davomida esa 28,5 foiz darajasida saqlandi va bu 2014 yildagi o’rtacha ko’rsatkichdan pastdir. Bunday natija barcha oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng keskin pasa­yishni ko’rsatmoqda.

Dekabr oyida Yevropada cho’chqa go’shtiga ­takliflar oshgani va AQShda­ import qilinadigan mol go’shtiga talabning kamaygani bois 2,2 foizga tushib ketdi. 2015 yilda go’sht avvalgi yildagi mos davr ko’rsatkichi bilan solishtirganda o’rtacha hisobda 15,1 foizga arzonroq bo’ldi. O’simlik yog’iga narxlar indeksi Braziliyada soya dukkaklari hosiliga salbiy prognozlar sabab, dekabr oyida 2,1 foizga o’sgan. Biroq 2015 yilda umumiy hisobda u 2014 yildagi ko’rsatkichdan 19 foizga past bo’lgan.

Shakar narxlari ham o’tgan yilda ­avvalgi yil ko’rsatkichi bilan solishtirganda 21 foizga arzonlashgan.

Mutaxassislarning aytishicha, Yer yuzida insoniyatning yashab qolishi nafaqat sifatli oziq-ovqatga, balki bar­qaror tabiiy muhitga ham bog’liq. Agar tabiatga nooqilona munosabat davom etsa, u bergan ne`matlarini birma-bir tortib ola boshlaydi. Shunday ekan, har bir davlat bu borada kelajak avlodning ham manfaat­larini ko’zda tutuvchi loyihalarni amalga oshirishi shart.

Teglar:

Foydali havolalar