O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mol-dunyoga aldanib, xor-zor bo’lmaylik

  • 1143
  • 1143
Jamiyat
Oktabr04/ 2016

«Jamiyat» gazetasining o’tgansonida chop etilgan «o’zimizni avvalo o’zimiz asraylik» sarlav­hali maqolani o’qib, malika (ismlar o’zgartirilgan)ning boshidan kechirganlari ko’z oldimda gavdalandi.

U oilali, 2 nafar farzandi bor. Bozorda sotuvchilik bilan shug’ullangan. Bir necha yillar avval uning Toshkentdagi uyiga Jizzaxdagi qo’shnisi Dilorom keladi. Dilorom Dubayga borganida deport bo’lib qaytib kelgan edi o’shanda. U Malikaning telefonidan chet eldagi dugonasi Nigora bilan gaplashib, yana Dubayga ishga bormoqchiligini bildiradi. Shu orqali Malika Nigora bilan tanishib, onda-sonda qo’ng’iroqlashib turadi.

Oradan ikki yilcha o’tgach, Nigora Dubaydan telefon orqali Malikaga 1500-2000 dollar oylik va`da qilib, magazinda ish joyi bo’shagani va tezda yetib kelishini aytadi.

Malika qizlarini turmushga bergandan buyon uyda bir o’zi yashardi. Bozordan tushgan mablag’ ham kamlik qilganday chet elga ketishga qaror qildi.

Sharjada Malikani bir vaqtlar mahalladoshi bo’lgan Sanjar kutib oladi. Nigoraning uyiga borgach, uning arab millatiga mansub eri va qizi bilan tanishadi. 3 kun u yerda «mehmon» bo’ladi. Nargiza Qurbonova (Dubayga Malikadan ancha oldin borgan) ismli qiz kelgach, Nigora unga 100 dollar berib, Malikaga sim karta sotib olishi, salonga olib borib sochini turmaklatishi, pasportini esa rangli nusxasini qildirib berishi kerakligini buyu­radi. Shu bohonada Malikaning pasporti va vizasini ham olib qo’yadi.

Magazinda ish boshlash orzusida yurgan Malika soddaligi uchun bunga e`tibor ham bermaydi. O’sha kuni kechqurun Nargiza uni Nigoraning buyrug’iga ko’ra, tungi klubga olib boradi. Hamrohi Malikani klubda yolg’iz tashlab, o’zi qayoqqadir ketadi. Nigora Malikaga qo’ng’iroq qilib, «mijoz kelsa, unga xizmat ko’rsatasan…!», deydi. Malikaning oldiga kelgan notanish odam Nigora bilan telefon orqali 1500 dollarga kelishib qo’ygan edi… Malika shundagina aldanganini tushunadi.

Uyga qaytib ketishini ayt­ganida Nigora unga «fohishalik qilib 6 oy menga ishlab berasan, aks holda pasportingni bermayman» deydi…

Xodimlarimiz ushbu holatdan Malikaning yaqinlari orqali xabar topishdi. zarur hujjatlarni qayta tiklashda ko’maklashib, bir necha yil sargardonlikda yurgan Malikani Toshkentda kutib oldi. Hozirda markaz yordami bilan sartaroshlik kursida tahsil olayotgan bu ayol endi o’z yo’lini to’g’ri tanladi.

Markazimiz qoshida 2015 yil oktyabrda «Yangi imkoniyatlar – yangi ko’nikmalar» nomli to’garaklar majmuasi tashkil etildi. «Istiqbolli avlod» markazi faoliyatining yangi yo’nalishlaridan biri bo’lgan ushbu to’garaklar majmuasini tashkil etish g’oyasi va maqsadi markaz Ustavi, «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida» va «Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida»gi Qonunlarning ijrosini ta`minlashda ishtirok etishga qaratilgan.

To’garaklar aholining ijtimoiy zaif guruhiga mansub xotin-qizlar va yoshlarga kasb-hunar ko’nikmalari bilan tanishish imkoniyatini yaratish, xotin-qizlar, keksalar o’rtasida mehnatga layoqatli va sog’lom raqobatchilar sonini oshirishga ko’maklashish hamda ijtimoiy innovatsion xizmatlardan foydalanish uchun teng imkoniyat yaratishga munosib hissa qo’shib kelmoqda.

Ishlayman, pul topaman desa, yurtimizda buning uchun hamma imkoniyatlar bor. Faqat sabr va qanoat, astoydil mehnat qilish kerak xolos. Ko’proq pul topaman deb sha`ni toptalgan, begona joylarda xor-zor bo’lgandan ko’ra, boriga qanoat qilib, o’z yurtida baxtli-saodatli hayot kechirishga ne yetsin!

Shohida QOSIMOVA,

                                                          Toshkent shahar «Istiqbolli avlod»

                                                       ijtimoiy axborot markazi mutaxassisi

Teglar:

Foydali havolalar