O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qonun ustuvorligi — faoliyatimiz asosi

  • 1147
  • 1147
Jamiyat
Iyun04/ 2016

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi a`zosi Ulug’bek Samatovning aytishicha, o’tgan yilda partiya fraksiyasi a`zolari 26 ta qonun loyihasiga mas`ul bo’ldi, 7 ta qonun loyihasini esa qonunchilik tashabbusi huquqi asosida muhokamalarga olib chiqdi.

Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig’ilishidagi davlatimiz rahbarining ma`ruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar partiyaning bu boradagi faoliyatida dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Xususan, “Adolat” SDP iqtisodiyotga yangi, energiya resurslarini tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish tarafdori. Prezidentimizning respublikamiz hududiga eskirgan, talabga javob bermaydigan asbob-uskunalarni olib kelish va ishga tushirish yuzasidan buyurtmachilarning javobgarligini kuchaytirish bilan bog’liq takliflarini partiya faollari qo’llab-quvvatlaydi.

– Shundan kelib chiqib, fraksiyamizning joriy yilga mo’ljallangan ish rejasiga asosan, “Innovatsiya va innovatsion faoliyat to’g’risida” hamda “Davlat va xususiy sektor hamkorligi to’g’risida”gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqish, keng muhokamadan o’tkazish hamda qabul qilishga erishish muhim vazifalarimizdan sanaladi, – deydi U.Samatov. – Mavjud qonunchilikka, xususan, “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonunga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha ham aniq takliflar ishlab chiqishimiz lozim.

O’zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo’mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo’shma majlisida shu kabi qator masalalar muhokama etildi. Prezidentimizning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma`ruzasidan kelib chiqib, partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari oldidagi vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilganidek, bunda partiyaning barcha tuzilmalaridan aholining keng qatlami va elektorat bilan uchrashuvlarda ma`ruzaning mazmun-mohiyatini keng targ’ib qilish, islohotlarning samarasini hayotiy misollar asosida chuqur tushuntirish talab etiladi.

– Sog’lom ona va bola yili g’oyalarini ro’yobga chiqarishda partiyaning boshlang’ich tashkilotlaridan tortib barcha tuzilmalari hamda deputatlik korpusi faol va tashabbuskor bo’lishi zarur, – dedi O’zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Narimon Umarov. – Aholiga, ayniqsa, xotin-qizlarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, maktab va maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni tibbiy xizmatlar bilan ta`minlash tizimini kuchaytirishni deputatlik nazoratiga olish asosiy vazifalarimizdan sanaladi.

Anjuman so’nggida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

“Jamiyat” muxbiri,

Nuriddin UBAYDULLAYEV

Foydali havolalar