O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Birovning rizqi birovga buyurmaydi

  • 1158
  • 1158
Jamiyat
Noyabr05/ 2016

Biz tomonlarda kattalar haligacha yangi uy qurib, ko’chib chiqqan yosh oilaga ro’zg’orning barakasi bo’ladi, deb qurbi yetsa sigir, juda bo’lmasa, boqib katta qilasizlar, deya onasidan ayrilgan buzoq beradi.­ Yangi hovliga ko’chayotganimizda Zarhol momom sizlarga atagandim, deb Uzunshox (shoxlari kiyiknikidek uzun bo’lgani uchun bu sigirni shunday atardik)ni bizga bergan edi.

Qurilishdan ortib qolgan yog’ochlardan hovlimiz adog’ida og’ilxona qurdik. Sigirni o’zgacha mehr bilan parvarishlay boshladik. Ayni qish chillasida uzunshox bolaladi. Xursandligimning cheki yo’q edi, endi qish bo’yi uyimizda qaymoq-qatiq bo’ladi.

Onam sigirimizni sog’ayotganda bolasiga ko’proq qoldiring deb, o’zim unga ko’z-quloq bo’lib turardim. Buzoq kun sayin to’lishib, kuchga kirayotganini ko’rib, bug’doy o’rimidan so’ng dalaga mol boqqani chiqsak, eng zo’r novvos meniki bo’ladi, deb ich-ichimdan sevinib qo’yardim…

Har kun maktabdan qaytganimda birinchi bo’lib og’ilxonaga ko’z yugurtirardim. Bu safar ham shunday qildim. Ammo ne ko’z bilan ko’rayki, sigirning yolgiz o’zi turardi. Nimadir bo’lganini sezib, tomog’imga tiqilgan yig’ini ichimga yutib, uyga chopdim. Ayvonda otam bir dasta pulni sanab onamga tutqazayotgan ekan. Vaziyatni tushungach, ko’zimga ko’ringan narsani uloqtirib, nega uni sotdingiz, deya to’polon qilishga tushdim…

– Novvosning puliga qish uchun bug’doy sotib oldik, – dedi otam. Shundagina otamning ahvolini tushundim. Kelasi yil o’zim astoydil ishlashga, loy kechib dalada yurgani bois tez-tez beli og’rib turadigan otamni avaylashga qaror qildim. Mahallamizdagi qarovsiz yotgan adirlikdagi yerga lalmi bug’doy sepdik. Shu yili ob-havo ham seryog’in kelib, kaftdekkina joydan mo’l hosil oldik, hatto, to’rt-besh qopini sotdik ham. Bu yil bug’doyimiz borligi uchun emas, yangi buzoqchani sotmasligimizdan mening quvonchim cheksiz edi. Ammo…

Shunday kunlarning birida katta yuk mashinasi haydaydigan Bahodir akaning maslahati bilan otam unga qo’shilib, biznes qilmoqchi bo’ldi. Qo’shni qishloqdagi Ro’ziboy akadan 50 mingcha qarz ko’tarib, Toshkentga bir yuk mashina piyoz olib ketdi. Lekin uch kun o’tmasdan sotilgan piyozning pulini o’g’irlatib, qaytib keldi.

Buni eshitgan Ro’ziboy aka kunda uyimizga keladigan, qarzini so’rab, dag’dag’a qiladigan bo’ldi.

Birorta qarindoshimiz yordam bermagach, otam unga ancha qimmat tursa-da, sigirimizni berib yubormoqchi bo’ldi. Buzoqchani berib yuborsak, o’g’lim yana o’ksib qoladi, deb o’ylagan bo’lsa kerak. «Undan ko’ra sigirni olib ketinglar, tez orada qarzimizni qaytarib, uni olib kelamiz», – dedi. Ro’ziboy aka ham shu gapni kutib turganday sigirni arqonidan yechasola, uyiga olib ketdi.

Berilgan muhlatda pulni qaytarib berolmaganimizdan so’ng Ro’ziboy o’g’lidan o’ttiz ming so’m pul berib yuboribdi. O’g’lining aytishicha, otasi sigirimizni sakson mingga sotib, o’ziga tegishli bo’lgan ellik ming so’mni olib qolibdi. Lekin otam bozorda Uzunshoxday sigirlarning narxi bir yuz qirq, bir yuz ellik ming so’m turishini kuyinib aytgani hali-hamon yodimda. Buni eshitib, onam rosa yig’ladi…

Birovning rizqi birovga buyurmas ekan. Oradan biroz vaqt o’tib, Uzunshoxning o’ligini Ro’ziboy aka qo’shnisining traktoriga ortib, adirga, ko’mgani olib ketayotganini ko’rishibdi. Aytishlaricha, uyiga olib kelgandan beri yemish yemay qo’ygan sigir bora-bora ozib-to’zib ketgan. O’sha kuni ertalab Ro’ziboy aka Uzunshoxni o’z arqoniga o’ralib, o’lib yotgan holda ko’ribdi. U sigirni sotmagan ekan…

 

Elbek ShOYIM

Teglar:

Foydali havolalar