O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mahallamiz yoshlaridan ko’nglimiz to’q

  • 1155
  • 1155
Jamiyat
Iyul05/ 2016

Shahrina Bahodirova endigina 7 yoshga to’ldi. U badiiy gimnastika bilan shug’ullanadi. Shahrinaning yoshiga yarasha muvaffaqiyatlari ham chakki emas. Uch karra tumanda, bir marta sport maktablarining 14 yoshgacha bo’lgan qizlari o’rtasida o’tkaziladigan musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etib, barchasida g’olib bo’ldi. Shahrina ayni vaqtda mashg’ulotlarni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” mahalla fuqarolar yig’ini binosida ochilgan badiiy gimnastika to’garagida davom ettirmoqda. Bu yerda qizaloqlar guruhlarga bo’lingan holda belgilangan vaqtda kun davomida mashg’ulotga qatnashadi.

– Sportning bu turi nafosat va nazokatga uyg’unlashgan harakatlarda aks etadi, – deydi to’garak rahbari Parizoda Egamberdiyeva. – Bugun to’garagimizda 30 dan ziyod qiz ushbu nafis sport bilan shug’ullanyapti. Kelajakda qizlarimiz sarviqomat bo’lishida gimnastikaning foydasi katta. Shuning uchun ham bu yerda mashg’ulot boshlashni mahallamiz raisi bundan bir yil oldin taklif etganida hech ikkilanmay rozi bo’ldim. Shahrina kabi mahallamiz qizaloqlari bilan hali katta-katta musobaqalarda ishtirok etib, yurtimiz bayrog’ini yanada yuksaklarga ko’tarishimizga ishonaman.

Mahalla raisi Tohir Foziyevning aytishicha, 32,5 gektar maydonni egallagan mahalladagi 53 ta ko’pqavatli va 714 ta hovli uylarda bugun 12 mingdan ziyod aholi hamjihatlikda umrguzaronlik qilmoqda.

– Mahallamizda turli millat vakillaridan tashkil topgan shuncha aholi yashashiga qaramay kam ta`minlangan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar yo’q, – deydi T.Foziyev. – Shunday bo’lsa-da, mahalla faollarimiz bilan kunda ikki uchta xonadon ahvolidan xabar olamiz. Keksalarimiz, ayniqsa, uch nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bor xonadonlarga tez-tez kirib, ularning maslahatlari va duolaridan bahramand bo’lamiz. Mahallamizdagi 70 dan ziyod tadbirkor, “Mahalla” xayriya jamoat fondi homiyligida ularni nafaqat bayramlarda, balki doimiy ravishda rag’batlantirib, turli sovg’a-salomlar bilan esga olamiz.

Mahallada yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Hududda joylashgan bitta maktab, bitta, kollej, ikkita litsey va bitta oliy ta`lim muassasasida yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan talaba yoshlar tahsil olmoqda.

Katta va aholi soni ko’p bo’lishiga qaramay, bu yerning obodligi, toza va ozodaligi mahalla ahlining birdamligini ko’rsatib turibdi.

2015 yilning 25 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qabul qilgan qarorga ko’ra, poytaxtimizda yana 30 ta yangi mahalla tashkil etilishi belgilangan. Toshkent shahridagi ayrim mahallalarning hududiy chegaralarini o’zgartirish asosida yangi mahallalar barpo etilmoqda. Endilikda Toshkent shahrida ularning soni 505 taga yetdi. Hududi kengligi va aholi soni ko’pligi inobatga olinib, “Rakat” mahallasida ham yangi “Shohjahon” mahallasi tashkil etildi. Tohir Foziyevning aytishicha, yangi mahalla 5 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan hududni qamrab olishi rejalashtirilgan.

Nuriddin UBAYDULLAYeV,

“Jamiyat” muxbiri

Foydali havolalar