O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari – ishonchli hamkor

  • 1152
  • 1152
Jamiyat
Sentabr05/ 2016

2015 yil O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi uchun o’ziga xos muvaffaqiyatlar yili bo’ldi. Assotsiatsiyaga a`zolar soni 522 taga yetdi. “Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta`minlashda 612 ta NNT faol ishtirok etdi. Yil davomida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan, joylardagi muhim ijtimoiy muammolar yechimiga bag’ishlangan 53 ta loyihaga Parlament komissiyasi qaroriga asosan 1 milliard so’m miqdorida mablag’ ajratildi.

O’zNNTMAning Ta`sischilar Kengashi yig’ilishida ana shu raqamlar ortida turgan amaliy ishlar tahlil qilindi. Nodavlat sektor joylarda yuzaga kelayotgan turli ijtimoiy dolzarb masalalarni hal qilishda, davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning manzilli ijrosini ta`minlashda faol ishtirok etayotgani ta`kidlandi.

O’zNNTMA raisi Abdumajid Karimov o’tgan davrda assotsiatsiya tomonidan NNTni qo’llab-quvvatlash yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilganini ta`kidladi. 100 ga yaqin tahliliy hujjat, 2 ta uslubiy qo’llanma tayyorlandi. 2015 yilda NNTMA O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan 19 ta respublika komissiyalari, ishchi guruh va kengashlarda ishtirok etdi. Ayniqsa, “Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturi, “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonun ijrosini ta`minlash, mamlakatni ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda davlat organlari va NNT o’rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash ishlarida faol qatnashdi.

– “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonunning 2015 yil 1 yanvardan kuchga kirgani eng muhim voqealardan biri bo’ldi, – deydi assotsiatsiyaning ijrochi direktori Adhamjon Uzoqjonov. – Mazkur huquqiy hujjat davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarning aniq shakl va mexanizmlarini belgilab berdi. Shu bilan birga, ushbu jarayonda tomonlarning asosiy huquq va majburiyatlarini mustahkamlab qo’ydi. Qonun normalarini amalda ro’yobga chiqarish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qoshida joylardagi muhim ijtimoiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda NNTning davlat organlari bilan munosabatlarini mustahkamlashga ko’maklashuvchi ijtimoiy sheriklik bo’yicha Jamoatchilik komissiyalari tuzildi. Bu esa nodavlat tashkilotlar faoliyatini yangi bosqichga ko’tarishga yana bir zamin bo’ldi, deb bemalol aytish mumkin.

Ta`sischilar o’z navbatida, bu kabi tashkilotlarning   moliyaviy mustahkamligini oshirish, ular amalga oshirayotgan loyihalarni qo’llab-quvvatlovchi manbalarni yanada kengaytirish, ularning iqtisodiy erkinligini kuchaytirish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta`kidlashdi.

Assotsiatsiya hamkorlaridan biri – Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxovning aytishicha, bugungi kunda NNTning   ijtimoiy mas`uliyati tobora yuksalib boryapti. Ular joylarda nafaqat dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilish, balki tadbirkorlikni rivojlantirishga ham munosib hissa qo’shishi lozim. Milliy qonunchilikda bu jarayon to’laligicha qamrab olingan. Asosiysi, ularning joylardagi faoliyati ham jonli, amaliy loyihalar va ishlanmalarga boy bo’lishidir.

Mamlakatimizda oxirgi uch yilda NNT soni qariyb 1,5 martaga oshib, bugungi kunda 8 ming 277 tani tashkil etyapti. Ular barkamol avlodni tarbiyalash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, fuqarolarning huquqiy, tibbiy va ekologik madaniyatini yuksaltirishdagi kompleks masalalarni hal etishda davlat boshqaruvi organlarining ishonchli hamkorlariga aylandi.

Yig’ilishda “Sog’lom ona va bola” yilida ham ana shu ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish va yangi-yangi yo’nalishlar, loyihalar ustida ish olib borish masalalari xususida fikr almashildi.

Yig’ilish so’nggida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining NNT bilan ijtimoiy hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan 2016 yil uchun Kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasi tasdiqlandi.

Kecha bo’lib o’tgan O’zNNTMAning 2015 yildagi faoliyati yakunlari va 2016 yilda amalga oshiriladigan faoliyatning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlarga bu borada batafsil ma`lumot berildi.

Munisxon KARIMOVA,

                                                                                   “Jamiyat” muxbiri

Foydali havolalar