(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

  • 1176
  • 1176
Jamiyat
Dekabr11/ 2016

Qadim-qadimdan o’zbek mahallalarida obodonchilik va bunyodkorlik ishlari o’zaro hamjihatlikda, birdamlikda hashar orqali amalga oshirilgan. Uyushqoqlik bilan, jamoa bo’lib   qilinadigan ishlarga har kim qo’lidan kelgancha o’z hissasini qo’shishga intiladi. Kimdir mehnati, kimdir saxovati, yana kimdir ezgu tilagi bilan.

Istiqlol yillarida hashar tom ma`noda milliy qadriyat sifatida e`zoz topdi, qadrlandi. Chunki unda xalqimizga xos ulug’ fazilatlar mujassam. Atrof-olamni obod etish, go’zallikka intilish, mehr-muruvvat ko’rsatish, yashillikka burkanayotgan tabiatga uyg’unlik. Bobolar nabiralariga nihol o’tqazishni o’rgatadi, momolar qiz-suluvlarni pokizalikka, saranjom-sarishtalikka boshlaydi.

Umumxalq bayramlari oldidan butun mamlakatimiz miqyosida xayriya hasharlarini tashkil etish ezgu an`anaga aylandi. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyligi boshlandi. Navro’z bayrami arafasida, ya`ni 12-13 mart kunlari umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi. Qani, hamma hasharga!

Teglar:

Foydali havolalar