(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Bilim va tajriba ikkalasi egizak

  • 1202
  • 1202
Jamiyat
Dekabr19/ 2016

 

O’zbekiston Milliy universitetining jurnalis­tika fakultetida «Jamiyat» gazetasi qoshidagi mahorat maktabi tinglovchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Unda bir guruh talabayoshlar, professoro’qituvchilar hamda tahririyat vakillari qatnashdi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, bugungi kunda sohaga malakali kadrlar tayyorlashda OAV tahririyatlarida tashkil etilayotgan mahorat maktablarining o’rni katta bo’lmoqda. Chunki o’tkazilayotgan mashg’ulotlar bo’lajak jurnalistlarning amalda kasb mahoratini shakl­lantirishga hizmat qilyapti. «Jamiyat» mahorat maktabida nafaqat Milliy universitetning jurnalistika fakulteti, balki O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi hamda I Toshkent pedagogika kolleji o’quvchisi ishtirok etgani alohida ahamiyat kasb etdi.

– Respublikamizning markaziy nashrlari hamkorligida o’tkaziladigan mahorat maktablarida fakultetimiz talabalari faol ishtirok etib keladi, – dedi O’zbekiston Milliy universiteti dotsenti Ahmadjon Meliboyev. – «Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyatida ham mahorat maktabi yaxshi shakllangan. Tahririyat xodimlari yosh va talabchanligi bois talabalarimiz mahorat darslari davomida axborot olish va tarqatish borasida zamonaviy amaliy ko’nikmalarni egalladi. Mahorat maktabida qatnashgan bir nafar talaba tahririyatga ishga qabul qilingani esa yanada quvonarlidir.

– Tahririyat hodimlari tomonidan olib borilgan treninglarda sarlavha tanlash mahorati, maqolaga kirish va o’quvchini jalb qilish usullari, maqola ustida ishlash, tahrir, faktlardan unumli foydalanish kabi qator mavzular yuzasidan bilimga, tajribaga ega bo’ldik, – deydi O’zMU talabasi Huvaydo Xo’jamqulova. – Mashg’ulotlar mobaynida tinglovchilar tomonidan yozilgan turli janrlardagi materiallar o’zimiz ishtirokimizda muhokama etilgani hamda gazeta sahifalarida muntazam yoritib borilgani bizni yangi mavzular ustida izlanishga undadi.

Tadbir yakunida 11 nafar yigit-qizga mahorat maktabi mashg’ulotlarida qatnashgani to’g’risida sertifikat va tahririyatning esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Isfandiyor BURGUTBOYEV,

O’zMU talabasi

Teglar:

Foydali havolalar