O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kelajak energiyasi

  • 1189
  • 1189
Jamiyat
Noyabr19/ 2016

 

Ma`lumki, jahon iqtisodiyotini elektr energiyasi bilan ta`minlashda neft-gaz sektori eng yuqori o’rinda turadi. Bugungi kunda dunyo bo’yicha elektr va issiqlik stansiyalarining faoliyati uchun yiliga 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng tabiiy yoqilg’i ishlatilmoqda. So’nggi 50 yilda butun insoniyat tarixi davomida ishlatilgan organik yoqilg’idan ham ko’p xomashyo qazib olindi. Natijada atmosfera havosiga chiqayotgan zaharli gazlar atrof-muhit va inson sog’lig’iga xavf sola boshladi.

Bugungi kunda yadro energiyasini ishlab chiqarish atmosferaga zararli gaz tashlanmalarini qisqartirishni ko’zda tutgan holda energiya ta`minoti masalalarini hal etishda muhim omil hisoblanadi. Ammo mazkur texnologiyaning radiaktiv chiqindilari ayrim mamlakatlarda kuchli yer osti silkinishi va atom elektr stansiyalarida falokatlarni yuzaga keltirmoqda. Shu bois dunyoning ko’pgina mamlakatlari yadro energiyasi ishlab chiqarishni   qisqartirish orqali muqobil energiya manbalarini joriy etishni ma`qul ko’rmoqda. Shu bilan birga keyingi yillarda dunyo miqyo­sida uglevodorod yoqilg’isi narxining keskin ortishi ko’pgina mamlakatlarni yangi muqobil energiya manbalari haqida o’ylashga majbur etdi. Buning natijasida Yevropa ittifoqi davlatlarida o’rnatilgan quyosh fotoelek­trik stansiyalarning umumiy quvvati bir yarim baravarga oshdi. Bugungi kunda AQShda quyosh kollektorlarining umumiy maydoni taxminan 15, Yaponiyada 12 million metr kvadratga yetdi. Isroilda mamlakatning umumiy issiq suv ta`minotining 75 foizini tashkil etadigan bir millionga yaqin quyosh batareyalari ishlab turibdi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tajribasi shuni ko’rsatadiki, ularning boshlang’ich qurilishida katta mablag’ sarflansa-da, keyi­nchalik iqtisodiy jihatdan u o’zini to’la oqlaydi. Bugungi kunda jahonning yuzdan ortiq davlati muqobil energiya manbalarini rivojlantirish rejasini e`lon qilgan. 50 dan ortiq davlatda muqobil energiya manbalarini rag’batlantiruvchi «yashil tariflar»dan foydalanilmoqda. Germaniya 2050 yilgacha mamlakat energetika balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasini 50, Yevropa ittifoqining boshqa davlatlari va AQSh 2025 yilga borib umumiy energetika balansidagi ulushini 20 foizga oshirishni mo’ljallamoqda.

Mamlakatimizda ham bu borada izchil islohotlar amalga oshirilayotgani e`tiborga molik. O’zbekistonda muqobil energiya manbalarining salohiyati va istiqbollari juda katta. Faqat undan foydalanishning huquqiy asosini yaratish hamda keng foydalanishni yo’lga qo’yish zarur. O’zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyati 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng­dir. Bu mamlakat bo’yicha qazib olinadigan yoqilg’ilardan uch barobar ko’p demak. Bu borada Respublikamizning Navoiy issiqlik elektr stansiyasida Yaponiyaning «Mitsubisi» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 478 megavatt quvvatga ega bug’-gaz qurilmasining ishga tushirilishini alohida qayd etish lozim. Chunki loyihani amalga oshirish qo’shimcha ravishda 2 milliard 800 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini berdi. Shuningdek, loyiha hisobidan shart­li yoqilg’i iste`molini 1,8 marta kamaytirish va har yili 400 million kub metr gazni tejashga erishiladi. Bu esa atmosferaga zararli chiqindilar tashlanishi sezilarli darajada kamayishiga olib keldi.

O’zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo, quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy tad­qiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to’plangan. Hozirda Respublikamizda Markaziy Osiyoda o’xshashi yo’q ilmiy-eksperimental markaz – Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi faoliyat yuritmoqda. Prezidentimizning 2013 yil 2 martdagi «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni mamlakatimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yanada takomillashtirish va soha uchun zamonaviy uskunalar, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga zamin yaratdi. Hujjatda Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ishtirokida Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish, kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e`tibor qaratish, sohaga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ya`ni muqobil energiya manbalari ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berish yuzasidan qonun hujjatlariga tegishli o’zgartishlar kiritish belgilab berilgan.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzasida Namangan viloya­tining Pop tumanida 130 kilovatt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiya­si ishga tushirilib, hozirda sinovdan o’tkazilayotgani hamda 2020 yilga borib mamlakatimizda har biri 100 megavatt quvvatga ega yana uchta quyosh elektr stansiyasini foydalanishga topshirish ko’zda tutilgani, shuningdek, joriy yilda investitsiya loyihasi asosida «Tollimarjon» issiqlik elektr stansiyasida har biri 450 megavatt quvvatga ega ikkita bug’-gaz turbinasini ishga tushirish rejalashtirilayotganini alohida ta`kidladi. Albatta, ushbu chora-tadbirlar sohada amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar mamlakatimiz iqtisodiy rivojiga, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, atrof-muhit musaffoligini ta`minlashda muhim o’rin tutadi.

Malakatimizda yoqilg’i-energetika mustaqilligini saqlash uchun energetika sohasini rivojlantirishning an`anaviy birlamchi energiya manbalariga asoslangan bir xil qolipdagi yondashuvlardan voz kechish hamda mamlakat yoqilg’i-energetika balansiga muqobil energiya manbalarini ko’proq jalb qilish zarur. Bundan tashqari, respublikada muqobil energiya manbalarini rivojlantirishning Milliy strategiyasini ishlab chiqish va shu asosda maxsus davlat dasturlarini qabul qilish kerak. Qurilish tashkilotlarini yangi binolarni loyihalash va qurishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga mo’ljallangan me`yorlar hamda qoidalar ishlab chiqishini nazorat qilish ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.

Xudoyberdi AZZAMOV,

Ekoharakatning Toshkent viloyat

hududiy bo’linmasi rahbari,

Fulom SAMADOV,

Teglar:

Foydali havolalar