O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kitob ohanrabosi

  • 1199
  • 1199
Jamiyat
Sentabr19/ 2016

Yaqinda ishdan qaytayotib, kech bo’lganiga qaramay, «Kitob olami» savdo majmuasiga kirib o’tmoqchi bo’ldim. Kelgan yangi kitoblarni bir-bir ko’rib chiqar ekanman, ma`rifat maskanining eshigi ochilib, avval kichkina qizcha, undan so’ng 50-60 yoshlardagi onaxon, 3-4 yashar bolalarini yetaklab olgan ayol va erkak kirib kelgani e`tiborimni tortdi. Qizcha yugurgancha bolalar bo’limi tomon oshiqdi.

 

– Qarang, aldashmagan ekan, bu yerda o’yinchoqlar, hatto koptok ham borakan, – dedi buvisiga atrofni ko’rsatib. – Mana bu yerga o’tirib, bemalol bizga kitob o’qib bersangiz bo’ladi. Shuning uchun sizni olib keldim-da, buvijon.

Qizchaning harakatlarini kuzatarkanman, ularning majmuaga bunday oilaviy kelishining sababi bilan qiziqdim.

– Bugun maktabimizga «Kitob olami» majmuasi xodimlari tashrif buyurib, katta yarmarka va tadbir tashkil etdi, – deydi o’zini Yakkasaroy tumanidagi 127-maktab o’qituvchisi deb tanishtirgan Ra`no Saidazimova. – Shunda 4-sinfda o’qiydigan nabiram Komilaga 15 dan ortiq yangi kitob olib berdim. Ammo ba`zilariga pulim yetmay qoldi. Kechga yaqin uyga kelsam, dadasi bilan oyisiga bugun olganlarini maqtanib, yana ko’plab yaxshi kitob­larni ko’rgani, shu bugunoq olib kelmasa bo’lmasligini aytib turgan ekan. Kechki ovqatdan keyin nabiram injiqlikni davom ettiraverdi. Mening o’zim ham badiiy kitoblarga juda qiziqqanim, yoshligimdan ota-onamni qo’yarda qo’ymay kattagina kutubxona tashkil etganim uchun uni to’g’ri tushunardim. Qo’y, qizim, bugun kech bo’ldi, desam, «Buvijon, «Kitob olami»dagilar kech soat 22:00 gacha ishlar ekan, amakimning mashinasida borib kelaylik», deb turib oldi. Shunday qilib, mana, kelinim va boshqa nabiralarimni ham yetaklab kelaverdik.

Ra`no opa majmuani aylanib chiqdi-da, nabiralariga kitob tanlashini aytib, o’rindiqqa cho’kdi. Bolajonlar ham do’konni biroz tomosha qilgach, kelib buvisining atrofiga aylanib o’tirib oldi. Katta kitobni ko’rsatib, o’qib berishini so’radi.

– Kitob o’qishni judayam yaxshi ko’raman, – deydi Komila. – Uyda ham buvimning katta kutubxonasi bor. Birgalikda ko’p ertaklarni o’qib chiqqanmiz. Har kuni uyquga yotishdan oldin bir safar men, bir safar buvim ertak aytamiz. Shundan so’ng uxlaymiz. Bu bizga odat bo’lib qolgan. Shuning uchun bu yerdan yangi-yangi ertak kitoblar sotib olmoqchimiz.

Mutolaa ishtiyoqida yonayotgan kelin va nabiralarini yetaklagan onaxonni kuzatarkanman, kitob ohanrabosining kuchiga, uning haqiqiy mo’`jiza ekaniga yana bir karra ishonch hosil qilaman.

Bekzod IBRAGIMOV,

«Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar