(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Navro’z va umidbaxsh niyatlar

Jamiyat
Dekabr19/ 2016

       Tabiatni uyg’otgan ko’klam quyoshi kishilar qalbiga ajib iliqlik baxsh etmoqda. Sharqona Yangi yil yaqinlashgani sari hamma o’zicha taraddudga tushadi, bayram uchun nimadir qilishga oshiqadi. ­Prezidentimiz­ning «2016 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi qarorida ta`kidlanganidek, «azal-azaldan xalqimizning ezgu va go’zal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilishlarini o’zida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga o’lmas meros sifatida bezavol o’tib kelayotgan Navro’zi olam mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat`iy nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan, tom ma`nodagi umumxalq bayramiga aylanib qoldi».

        Mazkur qarorda belgilangan reja va vazifalar asosida yurtimizda katta yaratuvchilik, bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Ayniqsa, «Mustaqilligimizning 25 yilligiga 25 tupdan ko’chat» shiori ostida mahalla, har bir ko’cha, xiyobonlar, ariq bo’ylariga mevali va manzarali daraxtlar, gullar ekilmoqda. Dala atroflari, suv yo’llari tozalanib, tabarruk qadamjolar, ziyo­ratgohlarda ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari hamjihatlik bilan olib borilmoqda. Bu jarayonga barcha munosib hissa qo’shishga intilayotgani quvonarlidir.

Ma`lumki, Navro’zda kun bilan tun tenglashadi. Dehqonlar ekin ekishni, yerga urug’ qadashni, umuman, ziroat yumushlarini boshlab yuboradi. Zero, dehqonchilik halol rizq, halol luqma, halol mehnat va farovonlik asosidir. Qoraqalpog’istonlik dehqonlar ham erta bahordan ana shunday yumushlarga kirishib ketdilar.

Mustaqillik yillarida agrar sohada olib borilayotgan islohotlar samarasida biz ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan milliy dehqonchilikning barcha qoidalari amalga oshayotganini ko’ramiz. Mamlakatimizda yerga bo’lgan munosabat tubdan o’zgargani bugungi agrar sohadagi muvaffaqiyatlarda yaqqol ko’rinadi. Prezidentimiz «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» asarida mazkur masalaga alohida to’xtalib, jumladan, shunday deydi: «Barchamizning ildizimiz, tomirimiz avvalambor qishloq zaminiga borib taqaladi. Ona Vatan degan ulug’ va muqaddas tushuncha odamzod uchun go’yoki qishloq timsolidan boshlanadi.

Xalqimizning rizqu ro’zi, nasibasi avvalo dalalarimizda zahmatkash deh­qonlarimiz tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar, oziqovqat va nozu ne`matlar bilan o’lchanadi. Lo’nda qilib aytganda, har bir ongli inson qaysi joyda, yurtimizning qaysi chekkasida yashamasin, albatta o’zining, oilasining hayoti qishloq zamini bilan chamcharchas bog’langanini sezishi, tushunishi tabiiy, deb o’ylayman».

Bu fikrlar qadim tariximizda ajdodlarimiz hikmatlarida keltirilgan yer, suv, dehqon, hosil to’g’risidagi naql­larga juda to’g’ri keladi. Xuddi shu asarida Prezidentimiz Qoraqalpog’is­tondagi dehqonchilik, uning samaralari to’g’risida o’z fikrlarini bildiradi: «Qoraqalpoq dehqonining qanday katta matonat va jasoratga ega ekanini to’la anglash uchun hech bo’lmasa bir mavsum Qoraqalpog’is­tonda yashash kerak. O’ylaymanki, bir mavsum shu yerda yashagan kishi sizlarga tan berib, qoraqalpoq dehqoniga o’z qalbida bamisoli haykal qo’yadi, umr bo’yi sizlarning matonatingizni boshqalarga ibrat qilib ko’rsatadi».

     Bugungi kunda Qoraqalpog’istonda sabzavotchilik-polizchilikka ixtisoslashgan jami 223 ta va bog’dorchilik-uzumchilikka ixtisoslashgan 250 ta fermer xo’jaligi faoliyat olib bormoqda.

Ayni paytda tejamkor texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish,   texnika ta`minotini yanada yaxshilash, qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirishni takomillashtirish orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobidan barqaror o’sish sur`atlariga erishish chora-tadbirlari ko’rilmoqda. Jumladan, joriy yildan boshlab 5 yil davomida qisqaradigan 7 ming gektar paxta maydonlariga sabzavot, poliz va moyli ekinlar ekish, intensiv bog’lar, tokzorlar barpo etish mo’ljallanmoqda. Belgilangan vazifalar asosida joriy yilda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni o’tgan yilga nisbatan 20 foizga ko’paytirish maqsadida aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur asosida barcha toifa xo’jaliklarda jami 527 ming 245 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish belgilangan.

Qoraqalpog’istonda joriy yilda meva-sabzavot yetishtirish sohasini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha jami 154 milliard 281 million so’mlik 659 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalar asosida qayta ishlash korxonalari, muzlatgichli omborxonalar, yangi issiqxonalar, 169 xonadonda aholining xususiy issiqxonalar qurishi va yangi intensiv bog’lar, yangi tokzorlar barpo etish, bog’larni, tokzorlarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, Fermer va dehqon xo’jaliklarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida yetishtirilgan mahsulotlarning 5 ming 900 tonnasini chet elga eksport qilish mo’ljallanmoqda.

Shu kunlarda yurtimiz o’zgacha bir tarovatda, odamlar o’z eli, uning tinchlik-omonligi, to’kin-sochin das­turxoni, farzandlarining ezgu maqsadlar bilan to’lib-toshib kamolga kelayotganidan masrur, shukronalik tuyg’ulari bilan yashamoqda.

Navro’z shukuhi, albatta, bunday orzu niyatlarga kuch-shijoat bag’ishlamoqda. Zero, bu harakatlarning barchasi ozod va obod Vatanimizni yanada farovon ko’rishdek orzu-niyatlarning amalda namoyon bo’lishi, das­turxonlar to’kin-sochinligining asosidir.

 

Guliston ANNAQILIChYEVA,

O’zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senati a`zosi

Teglar:

Foydali havolalar