O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Suv hayot uchun

  • 1195
  • 1195
Jamiyat
Avgust19/ 2016

22 martXalqaro obihayot kuni

 Ma`lumki, inson tanasining 70 foizi suvdan iborat. Tanadagi suv miqdori 5 foizga kamayishi bosh aylanishi, 10 foiz kamayishi o’limga olib kelishi mumkin. Insonning normal faoliyati uchun bir kunda 2,5 litr suv kerak bo’ladi. Shundan 1,2 litri ichimlik suvi, 1 litri oziq-ovqatlar orqali, 0,3 litri tanada modda almashinishidan hosil bo’ladigan suvlardir.

Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» kitobining birinchi jildini «Suvning sifati» deya nomlab, uning odam organizmi uchun naqadar ahamiyatli ekani xususida fikrlarini bayon qilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda tabiat muhofazasiga alohida o’rin ajratilgan. Zardushtiylik ta`limoti bo’yicha suvni iflos qilish, daryo, dengiz, chashma, ariq, quduq va hovuz suvlariga nopok narsalarni tashlash qat`iyan man etilgan. Anhor va ariq bo’ylarida mol boqish, otlarni bog’lashga ruxsat berilmagan. Suvga axlat tashlash, toza qilib yuvilmagan idishlarda ariq va hovuzlardan suv olish, nopok holda suvga qarash ajdodlarimiz diniy e`tiqodlari bo’yicha odob-axloqqa xilof sanalgan. E`tiborlisi, Avestoning «Vendidat» nomli bobida suvdan oqilona foydalanmaslik yoki uni ifloslantirgani uchun qamchin bilan to’rt yuz marotabagacha savalanish jazosi qo’llanilishi haqidagi qoidalar o’z aksini topgan. Ko’rinib turibdiki, har bir davrda ham suv muqaddas bilinib, undan oqilona foydalanishga harakat qilingan.

Hozirgi vaqtda yer yuzida har bir kishi uchun kuniga 3 litrdan 790 litrgacha suv kerak bo’lmoqda. Jumladan, bu ko’rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 550-600, taraqqiy etmagan davlatlarda 60-150 litr atrofida, qishloq joylarida 15-25 litrni tashkil etadi. Yer yuzasining 70 foizdan ortiq maydoni suv bilan qoplangan bo’lsada, uning 3 foizigina iste`molga yaroqli. Hozirgi paytda 50 dan ziyod mamlakat chuchuk suv tanqisligi muammosiga duch kelgan. Ana shu omillarni e`tiborga olib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2005-2015 yillarni «Suv hayot uchun» harakati Xalqaro o’n yilligi deb e`lon qildi. Shuningdek, tashkilotning 1992 yil Rio-de-Janeyro shahrida «Atrof-muhit va taraqqiyot» mavzuida bo’lib o’tgan konferensiyasida jahon jamoatchiligi e`tiborini tabiatni asrash, suv resurslaridan oqilona foydalanish muammosiga qaratdi. Chunki ayni vaqtda yer yuzidagi 7 milliarddan ortiq aholining 1,2 milliardi toza ichimlik suviga muhtoj. 2,3 milliard odam sanitariya talablariga javob bermaydigan suvdan foydalanishga majbur bo’lmoqda. Yana bir muammo borki, u ham bo’lsa dunyo aholisining har 10 nafaridan 4 nafari toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashaydi.

Mamlakatimizning suv fondi yerlari 14,4 million gektarni tashkil etib, ayni paytda O’zbekistonda 55 ta sun`iy suv ombori mavjud. Shundan 30 tasi Amudaryo, 25 tasi Sirdaryo havzasida joylashgan. 4,3 million gektar maydonni sug’orish uchun o’rtacha 57 million metr kub suv olinmoqda va u mavjud resurslarning 90 foizini tashkil etadi. Ichki daryolarning o’rtacha ko’p yillik suv resurslari yiliga 11,5 kilometr yoki suv ehtiyoji umumiy miqdorining 18 foizi demakdir. Umumiy suv ehtiyojining 82 foizga yaqini Amudaryo va Sirdaryo resurslari hisobidan qoplanadi. Ushbu daryolarning ustki oqimi miqdori 123,08 kilometr deb belgilangan. Ushbu ko’rsatkichdan kelib chiqib Orol dengizi havzasi mamlakatlarining davlatlararo bitimiga muvofiq, mintaqa davlatlari o’rtasida suvni iste`mol qilish limitlari va uni taqsimlash mutanosibligi belgilangan.

Prezidentimiz BMTning 48 va 50-sessiyalaridagi ma`ruzalarida «Orol inqirozi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar halokatlardan biri bo’lib, dengiz havzasida yashovchi 35 million kishi uning ta`siri ostida qolmoqda», degan fikrlarni ta`kidladi. Insonning fiziologik ehtiyojini qondirish uchun sutkasiga 2-3 litrgacha suv sarflanadi. Ammo O’rta Osiyo sharoitida bu ko’rsatkich sutkasiga 6-8 litr, hatto undan ortiqni tashkil etadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda suvdan foydalanish va uning huquqiy asosini yaratishga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, Bosh Qomusimizning 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir», deb belgilab qo’yilishi suv resuruslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning huquqiy asosi bo’lib xizmat qildi. Shuningdek, «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonunning maqsadi ham suvga doir munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Suvdan foydalanish huquqiga tegishli bo’lgan qoidalarni Yer, Fuqarolik, Soliq, Jinoyat, Ma`muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarda, «Fermer xo’jaligi to’g’risida», «Dehqon xo’jaligi to’g’risi­da», «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», «Ekologik nazorat to’g’risi­da» «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida»gi qonunlarda ko’rish mumkin.

Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining 2013-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi mamlakatimizda ekologik muammolarni, xususan, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish borasida katta ahamiyatga ega hujjat sanaladi.

Umuman olganda, suvdan oqilona foydalanish va uni ekologik muhofaza qilish o’z hayotimizni yaxshilash, tabiiy resruslarni ko’z qorachig’idek saqlash deganidir. Bu esa fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo’lish huquqini ta`minlash va kafolatlash, yer, yer osti boyliklari, o’rmon, o’simliklar va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi, tabiiy zaxiralarni muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Jumanazar XOLMO’MINOV,

Toshkent davlat yuridik universiteti

Ekologiya va agrar huquqi

kafedrasi professori

Teglar:

Foydali havolalar