O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ertaning egalariga bugunning ishonchi

  • 1253
  • 1253
Jamiyat
Noyabr30/ 2016

Davlatimiz rahbari Navro’zi olam munosabati bilan butun mamlakatimiz ahliga yo’llagan tabrigida shunday so’zlar bor: «Bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo’lmish O’zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman: boshimizdan kechirayotgan, shiddat bilan o’zgarib, tobora murakkablashib borayotgan davr barchamizning, birinchi navbatda, siz, aziz farzandlarimizning oldiga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, intellektual boyliklarni chuqur egallash, shu bilan birga, mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini yangi bosqichga ko’tarish, iqtisodiyotimizni yangilash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bularni taraqqiyotimizning lokomotiviga aylantirish kabi vazifalarni qo’ymoqda. Ayni shu ulkan dolzarb maqsadlarga erishish yo’lida siz, azizlarning xal­qimiz, Vatanimizning ishonchini oqlashga qodir ekaningizga ishonaman va barchangizni doimo qo’llab-quvvatlashga tayyorman».

Bu da`vat bugun yurtimizda unib voyaga yetayotgan har bir yosh, har bir yurtdoshimizning taqdiriga daxldor so’zlar. Ushbu so’zlarning amaliy ifodasini bugun hayotimizning barcha jabhalarida ko’rib guvohi bo’lyapmiz.   Har yili ta`lim-tarbiya sohasiga yo’naltirilayotgan xarajatlar mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu YuNYeSKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta`minlash uchun ta`limga yo’naltirilishi zarur bo’lgan investitsiyalar miqdori bo’yicha tegishli tavsiyalarida ko’rsatilgan miqdordan qariyb 2 barobar ko’pdir.

Men mamlakat miqyosida emas, birgina Farg’onamiz yoshlari misolida aytadigan bo’lsam, bugun buyuk kelajak yo’lida yaxshi niyat bilan ekilgan nihollar allaqachon bo’y ko’rsatib, yurtimiz dovrug’ini dunyoga yoymoqda. O’nlab yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishayotgani, jahon miqyosida ilmiy kashfiyotlar qilayotgani yoshlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikning mevasi, o’zbek bolalari dunyoda hech kimdan kam emasligining amaldagi isbotidir.

2015 yilda 5 nafar farg’onalik yigit-qiz Xalqaro musiqa tanlovlarida sov­rindor bo’lgan bo’lsa, 50 dan ortiq yoshlar turli respublika ko’rik-tanlovlarida g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bektemir Meliqo’ziyev, Matluba Abdumutalova, O’ktam Rahmonov kabi 6 nafar sportchimiz xalqaro va jahon musobaqalarida zafar quchib, yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarishga erishdi. Ularning bari oddiy qishloq bolasi, o’z kuchiga, ilmiga, zehniga va ertasiga ishongan yoshlar.

Kuni kecha o’zim yana bir yoshlar bayramida ishtirok etdim. Navro’z munosabati bilan Qo’qon shahrida 48 xonadonli «Kamolot» uylari yosh oilalarga topshirildi. Shu kungacha 227 nafar oila sohiblari ana shunday go’zal, ko’rkam koshonalarga ega bo’ldi. Bu ham Yurtboshimizning yoshlarga ishonchi, «Vatanimizning ishonchini oqlashga qodir ekaningizga ishonaman va barchangizni doimo qo’llab-quvvatlashga tayyorman» degan so’zlarining isboti emasmi?

Shunday ekan, yoshlar bu da`vatdan yanada ruhlanib, baland-baland marralarni zabt etishi, shubhasiz.

Xosiyat UMIRZOQOVA,

Yoshlar va ayollar axborot

texnologiyalari markazi

NNT rahbari (Farg’ona shahri)

Teglar:

Foydali havolalar