O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ogohlik va hushyorlik

  • 1247
  • 1247
Jamiyat
Noyabr30/ 2016

ko’rinmas urushga barham beradi

         Belgiya poytaxti Bryusselda 22 mart kuni bir necha portlash yuz berdi. Dastlab ikkita portlovchi uskuna «Zaventem» aeroportida harakatga keltirildi. Oradan bir soat o’tib, shahar markazidagi «Maelbek» metro bekatida portlash sodir bo’ldi. Oqibatda Bryussel metrosi yopildi, maktablarda o’qish to’xtatildi. So’nggi ma`lumotlarga ko’ra, port­lashlar natijasida 34 kishi halok bo’lgan va 200 dan ziyod kishi jarohatlangan.

Buning natijasida Belgiya­da terrorchilik xavfi eng yuqori – to’rtinchi darajaga ko’tarildi. Fransiya va Belgiya chegarasida nazorat kuchaytirildi. 23, 24 va 25 mart kunlari mamlakatda umummilliy motam kuni deb e`lon qilindi.

– Terrorchilarning bunday bemalol harakati, o’z qabih ishlarini tez-tez sodir etayotgani achinarli hol, – deydi jurnalist Joze Milyazesh Portugaliyaning Publico nash­rida e`lon qilgan maqolasida. – Negaki, bunday qon to’kishlar an`anaviy qadriyatlarga zarba berib, fuqarolar orasida sarosima keltirib chiqaradi. Iqtisodiyot jiddiy zarar ko’radi. Albatta, bunday voqeadan so’ng minglab odamlar yana ko’chaga chiqib, o’z e`tirozlarini bildiradi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari esa terrorizm bilan kurashish va uni bartaraf etishga so’z berib, bu boradagi sa`y-harakatlarni kuchaytiradi. Ammo, taassufki, biroz muddat o’tib, yangi xunrezlikkacha barcha yana eski turmush tarziga, yana loqaydlik va beparvolikka qaytadi. Bu tendensiya hanuz davom etmoqda.

Chindan ham, hozir insoniyat yangi urushga to’qnash kelmoqda. Bunda aniq frontlar yo’q, dushman kimligi noaniq, faqat ko’zga ko’rinmas dushmanlarning harakati bor xolos. Ekspertlarning aytishicha, insoniyat hozir o’zini xalqaro miqyosda ana shunday urush ketayotganini his qilishi lozim. Barcha fuqarolar hushyor tortsa, shub­hali narsalarga munosabat bildirsa vaziyat ancha yaxshilanadi. Xullas, bu jarayonda taktika va strategiyani qaytadan ko’rib chiqish zarur.

– Albatta, terrorizmning ildiz otishida yirik davlatlar tomonidan amalga oshirilgan nooqilona siyosatning ham o’rni bor, – deydi Joze Milyazesh. – Zero, bu kabi davlatlar ayrim eski tizimlarni batamom yo’q qildi. Unutmaslik kerakki, bu tizimlar terrorizm keng yoyilib ketishining oldini olishga xizmat qilayotgan edi. Ularning yo’q qilinishi ortidan bo’shliqlar paydo bo’lib, uni radikal kayfiyatdagi g’oyalar to’ldirdi. Natijasi esa bugun Yevropa mamlakatlarida ko’zga tashlanmoqda.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, Yevropa, avvalo, qoch­qinlar muammosini hal etishi lozim. Zero, qochqin niqobi ostida Yevropaga jangarilar ham kirib kelayotgani ehtimoldan xoli emas. Shu nuqtai nazardan qochqinlar borasida YeI davlatlarining yakdil sa`y-harakatlari zarur. Bunda, dast­lab qochqinlar qochqinga aylanish sabablarini bartaraf etish, ya`ni ularning o’z uyini tashlab ketishga majbur qilayotgan ziddiyatlar va to’qnashuvlarga barham berish kerak. Ayniqsa, Yaqin Sharqning ayrim mamlakatlarida barqarorlik o’rnatilmas ekan, vaziyat taranglashib, terrorizm xavfi yanada kuchayishi mumkin.

– O’z navbatida, korrupsiya­ga qarshi kurashish ham terrorizmning oldini olishga yordam berishini unutmasligimiz lozim, – deydi Joze Milyazesh. – Masalan, jangari to’dalar o’zlariga kerakli mablag’ni banklar orqali oladi. Demak, banklar va boshqa moliya muassasalarida korrupsiya bot­qog’iga botgan kimsalar faoliyat yuritadi. Ular muayyan haq evaziga pul aylanmalarini amalga oshiradi. Ular millionlab insonlarning hayotini xavf ostiga qo’yayotganini, hatto o’z yurtdoshlarining umriga zomin bo’layotganini his qilmaydi. Bu kabi kimsalar, pul evaziga qalbaki hujjatlar tayyorlab beruvchilar, uy-joy bilan ta`minlaydiganlarga qarshi jiddiy kurash olib borishni davrning o’zi taqazo qilayotir.

Bundan tashqari, maxsus xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirib borish, faoliyatini eng so’nggi texnologiyalar bilan ta`minlash muhim ahamiyatga egadir. Ana shunda yuzaga keladigan xavf-xatarlarning oldini olish imkoni oshadi. Fuqarolarning xavfsiz yashashiga zamin yaratiladi.

Darhaqiqat, insoniyat dushman noaniq bo’lgan urush girdobiga tushib qolmoqda. Asosiy xavf aynan qayerdan kelayotganini bilish mushkulligicha qolmoqda. Ayniqsa, bu urush qurbonlari asosan qariya­lar, bolalar, ayollar bo’layotgani achinarlidir. Shunday ekan terrorizmga qarshi kurashni bir zum bo’lsa-da to’xtatib bo’lmaydi. Hamisha ogoh va sergak bo’lish esa begunohlar qoni to’kilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Rufat NYe`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar