(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Shifokor nega operatsiyaga kech qoldi?

  • 1243
  • 1243
Jamiyat
Dekabr30/ 2016

Doktorga shifoxonadan qo’ng’iroq qilishib, bir bemor bolakayni zudlik bilan operatsiya qilish lozimligini aytishdi.

Shifoxonaga kelgach, u darhol kiyimlarini almashtirib, to’g’ri jarrohlik xonasiga yo’l oldi. Eshik oldida bemorning otasiga ro’para keldi.

– Nega tezroq yetib kelmaysiz, o’g’limning hayoti xavf ostida ekanini nahotki sizga aytishmadi. Odam ham shunchalik mas`uliyatsiz bo’ladimi? Yana shifokormish.

Ota bor alamini unga sochdi. Bunga javoban u jilmaydida, «uzr, men kasalxonada emasdim. Tinchlaning, hammasi yaxshi bo’ladi», dedi.

Uning bu gaplaridan so’ng ota battar jazavaga tushdi.

– Tinchlanay? Qanday tinchlanish mumkin? Hozir bu xonada sizning farzandingiz bo’lganida, hayot bilan olishib yotganida o’zingiz tinchgina o’tirarmidingiz?

– Biz qo’limizdan kelganini qilamiz. Qolgani Yaratgandan. Siz undan ko’ra o’g’lingizning hayotini so’rab duo qiling, – deya doktor jarrohlik xonasiga kirib ketdi.

– Maslahat berish osonda, dardni his qilmagandan keyin, – o’zicha g’udrandi ota.

Bir necha soat davom etgan operatsiya yakunlanib, shifokor tashqariga chiqdi.

– Shukrki, o’g’lingiz omon qoldi. Tabriklayman. Savollaringiz bo’lsa, marhamat hamshiraga murojaat qilarsiz.

U shunday deb shoshilganicha shifoxonani tark etdi.

– Odamni kuttirgani yetmagandek, manmanligi ham bormi? Atigi ikki daqiqa vaqtini olar edim, – dedi ota hamshiraga yuzlanib.

Hamshira esa ko’zlarida yosh bilan javob berar ekan, unga bor haqiqatni so’zladi.

– Bilasizmi, o’g’lingizni jarrohlik amaliyoti murakkab bo’lgani uchun boshqa doktorlar uni o’tkazishga jazm etmadi, – dedi u – Shifoxonamizdagi eng tajribali va bu operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin bo’lgan yagona inson faqat u edi. Shuning uchun uni bezovta qildik. Kech qolganiga sabab esa… Afsuski, kecha doktorning o’g’li avtohalokatga uchrab vafot etdi. U chuqur qayg’uda. Hozir bo’lsa kechiktirilgan dafn marosimini o’tkazish uchun ketdi…

Maya, Buyuk Britaniya

moralstories.org saytidan olindi, ingliz tilidan

Gulasal Xudoyberdiyeva tarjimasi.

Teglar:

Foydali havolalar