O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yoshlar milliy festivali boshlandi

  • 1256
  • 1256
Jamiyat
Iyun30/ 2016

Mustaqilligimizning yigirma besh yilligi munosabati bilan «Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!» shiori ostidagi yoshlar festivali start oldi. Joriy yilning mart-may oylari davomida respublikamizning barcha hududlarida o’tkaziladigan festival doirasidagi tadbirlarda 800 nafardan ortiq targ’ibot guruhi a`zolari ishtirok etishi nazarda tutilgan. Mazkur festival «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining eng yirik targ’ibot loyihasi sifatida 2011 yildan buyon barcha tuman va shahar, chekka qishloq va mahallalarda o’tkazilib, nufuzi yildan-yilga oshib bormoqda.

– Bu yil xalqimiz Istiqlolning 25 yillik to’yini katta tantana qiladi, shu bois, festivalning bu yilgi ko’lami yanada kengayib, yangi loyihalar bilan boyitilgan, – deydi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi o’rinbosari Feruza Muhammadjonova. – Loyiha doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda tashkil etiladigan uchrashuvlarlarda deputatlar, madaniyat va san`at namoyandalari, taniqli sportchilar, san`atkorlar, yosh olimlar, keng jamoatchilik vakillaridan tarkib topgan targ’ibot guruhi ishtirok etadi. Mazkur festival yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg’ularini mustahkamlash va ularni mamlakat ravnaqi uchun kamarbasta insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarni «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta`sirlaridan asrash, ularni xal­qimiz hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga jiddiy e`tibor qaratilmoqda.

Yoshlar festivalida navqiron avlodga ko’rsatilayotgan e`tibor va g’amxo’rlik, ularni qo’llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so’z yuritiladi. «Hokim va yoshlar», «Zamonamiz qahramonlari», «Deputat va yoshlar» mavzularidagi loyiha va uchrashuvlarda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari haqida ma`lumotlar beriladi.

– Festival doirasida «Biz terrorizm va diniy eks­tremizmga qarshimiz!», «Vijdonli sotuvchi», «Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin!», «Internet va yoshlar», «Iqtidor egasi – obod yurt ertasi», «Vatan taraqqiyotiga mening hissam», «Kamolot kutubxonasi» singari 10 dan ortiq loyiha, «Mustaqillik farzandlari» shiori ostida gala-konsert o’tkazilib, ularga millionlab yoshlar jalb etilishi kutilmoqda, – deydi F.Muhammadjonova. – Joriy yildagi festival yoshlarning takliflari asosida o’z ichiga ko’plab yangi loyi­halarni ham qamrab oladi. Ayniqsa, «Bu mening Vatanim!» shiori ostida Yurtboshimizning «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan taqdimotlar, «Kichik filmdan katta kinoga» lo­yihasi asosida yosh ijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyishi, «Yurtimni obod etaman» aksiyasi doirasida «Kamolot» bog’lari yaratiladi.

Festival davomida 100 dan ziyod iqtidorli va ijodkor yoshlarning ijod namunalari harakat muassisligidagi nashr­larda hamda alohida to’plam sifatida chop etilishi rejalashtirilgan. Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida joylarda festivalning yakuniy gala-konserti o’tkaziladi. Unda faol yoshlar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va viloyat hokimliklarining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Maftuna AZIZOVA

Foydali havolalar