O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Zinama-zina zabt etilgan marralar

  • 1250
  • 1250
Jamiyat
Iyun30/ 2016

Hakimboyning hisob-kitobga qiziqishi 3-4 yoshidan boshlandi. O’sha kezlarda u oshxonada ovqat tayyorlayotgan onasiga ko’maklasharkan, bitta sabziga ikkita kartoshkani qo’shar, to’rtta piyozdan uchtasini ajratib, o’zicha qo’shish-ayirish amallarini bajarardi. Bundan quvongan onasi Iroda opa matematika fani o’qituvchisi emasmi, o’g’liga arifmetika qoidalarini o’rgatishdan erinmasdi. Otasi ham uning qiziqishini ko’rib, karra jadvalidan savollar berib turardi. Jajji Hakimboy barcha savollarga to’g’ri javob topardi. Sababi 4 yoshigacha ko’paytirish jadvalini yodlab olgandi. Shundan keyin otaonasi uning iqtidoriga jiddiy e`tibor qarata boshladi.

Hakimboy maktabda ham barcha fanlarni ana shunday ishtiyoq bilan o’qidi. 5-7-sinflarda matematika fanidan maktab ichki olimpiadalarida doim 1-o’rinni olardi. Qiziqishini yanada mukammallashtirish maqsadida ota-onasi uni 8-sinfda Shovot tumanida joylashgan Al-Xorazmiy nomidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatga o’qishga berdi. U yerda ham ustozlari va do’stlari e`tiborini qozongan qahramonimiz 2011 yilda ko’plab tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni egalladi. Hususan, «Ilhom Otajanov xotira turniri»da 2-darajali diplom, «Bilimlar sinovi» viloyat bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Shundan so’ng u O’zbekiston milliy universiteti qoshidagi akademik litseyga imtiyoz asosida o’qishga qabul qilindi.

Litseyda o’qib yurgan kezlari Qozog’istonning Olma-Ota shahrida o’tkazilgan X xalqaro Jautikov olim­piadasida ishtirok etdi va oltin medalni qo’lga kiritdi.

–   Olimpiada mashqlarida geometriyaga oid masala borasida hech kimda yo’q, xech kimning xayoliga kelmagan yechim berganim hakamlar nazariga tushishimga sabab bo’lgan, – deydi Hakimboy Egamberganov. –   Ikki kun davom etgan olimpiadada 200 ga yaqin o’quvchi ishtirok etgan bo’lsa, bu masalani mendan tashqari besh nafar qatnashchi yechishga muvaffaq bo’lgan. Ularning barchasi offisial, men esa Monge` ­­­D.Al­ambert va Menelay teoremalaridan bir necha bor foydalanib, sof proyektli yechim berganman. Mana shu yechim meni shohsupaga olib chiqdi.

Hakimboy litseyni tamomlab, o’z izlanishlarini Milliy universitetda davom ettirishga qaror qildi. U talabalik davrida ham bir qator ko’rik-tanlovlarda ishtirok etdi. Xususan, birgina 2015 yilda matematika fani bo’yicha talabalar o’rtasidagi Respublika, universitet talabalari o’rtasidagi hamda Bolgariya­ning Blagoyevgrad shahrida bo’lib o’tgan 22-Xalqaro matematika olimpiadalarida ishtirok etib, oltin medal sohibi bo’ldi.

– Bugun zabt etayotgan marralarimning asl poydevorini yaratishda ota-onam, ustozlarmning hissasi beqiyos, – deydi qahramonimiz. – Davlatimiz tomonidan men kabi minglab yoshlarga qaratilayotgan e`tiborning natijasi bundan-da yuqori bo’lishi kerak. Men mana shuning uchun ham o’z ustimda yanada ko’proq ishlash niyatidaman.

Har qanday iqtidor tinimsiz mehnat bilan uyg’unlashgandagina muvaffaqiyatga aylanadi. Erishilgan natija esa rag’batsiz, e`tirofsiz qolmaydi. Iqtidorli qahramonimizning intilishlari ham ana shunday e`tiroflarga munosib ko’rildi. U joriy yilda bir guruh yoshlar qatori «O’zbekiston belgisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

– Rosti, bu rag’bat o’zimga bo’lgan ishonchni yanada mustahkamladi, – deydi H.Egamberganov. – Shuning bilan birga, marrani yanada balandroq olib, ilm pillapoyalaridan shahdam odimlashga turtki berdi.

Bugun Hakimboy kabi yoshlar mamlakatimiz dovrug’ini jahon bo’ylab taratmoqda. Ularning davlatimiz tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanib, chuqur bilim olishi uchun yetarli imkoniyat yaratilayotgani esa yanada ulkan zafarlar sari boshlamoqda.

Arofat JALILOVA,

                                                      «Jamiyat»ning jamoatchi muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar