O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

BMTning ogohlikka chorlovi

  • 1264
  • 1264
Jamiyat
Iyul05/ 2016

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Iroqqa tashrifi chog’ida mamlakat harbiylarini terrorizmga qarshi kurashda erishayotgan yutuqlari bilan tabrikladi. Aytish joizki, Pan Gi Mun tashrif doirasida mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy va tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Ja`fariy bilan uchrashdi. Suhbatda xavfsizlik, iqti­sodiyot, gumanitar vaziyat va ijtimoiy islohotlar muhokama qilindi.

Bosh kotib Iroq parlamentida chiqish qilib, mamlakatning barcha diniy va etnik guruhlarini terrorga qarshi kurash yo’lida birlashishga chaqirdi.

– Yaqinda Iroqda sodir etilgan portlash shuni ko’rsatmoqdaki, terrorchilar sarosima va tartibsizlik, beqarorlik keltirib chiqarish uchun harakat qilishda davom etaveradi, – dedi Pan Gi Mun. – Futbol uchrashuvida stadionda muxlislik qiluvchilar, hech kimga zarari tegmaydigan do’kondagi xaridorlar – istalgan kishi bunday jirkanch jinoyatning qurboniga aylanishi mumkin. Xunrezlikni to’xtatish uchun xalqaro sa`y-harakatlar yanada kuchaytirilishi muhim hisoblanadi.

Eslatib o’tamiz, 25 mart kuni Bag’dod janubidagi futbol stadionida sodir etilgan portlash oqibatida 29 kishi halok bo’ldi, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Mahalliy huquq tartibot idoralarining ma`lum qilishicha, terrorchi o’zini o’zi portlatgan.

– Iroq hozirda qiyin kunlarni boshidan o’tkazmoqda, – dedi Pan Gi Mun. – Iroq xal­qiga o’z hamdardligimni bildiraman. Eng muhimi, Iroq xalqi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashishda mardonavar jasorat ko’rsatib, terrorizmni yo’q qilishda muhim hissa qo’shmoqda. Iroqliklarning ana shunday birdamligi, mardligi jahon hamjamiyatini hayratga solmay qolmaydi, albatta.

BMT ma`lumotlariga ko’ra, Iroqda istiqomat qilayotgan 10 millionga yaqin kishi u yoki bu darajada gumanitar yordamga muhtojligicha qolmoqda, 3 millionga yaqin odam o’z uyini tark etishga majbur bo’lgan. O’tgan yili Iroqda teraktlar, qurolli to’qnashuvlar oqibatida 7,5 ming kishi hayotdan bevaqt ko’z yumdi. Hozirda mamlakat sayyoramizda tinch aholi yashashi qiyin bo’lgan davlatlardan biri bo’lib qolmoqda.

Chindan ham, terrorizm balosi jahon hamjamiyatini juda katta tashvishga solayotgan muammolardan biriga aylandi. Terrorning dini, irqi, millati bo’lmaydi. Shunga ko’ra, bugun insoniyat baxtli va farovon yashashi yer yuzidagi barchaning birdek vazifasiga aylansa, ana shunda sayyoramiz tinch hamda osuda bo’ladi. Bolalar ko’zida yosh emas, quvonch bo’ladi. Zero, so’nggi vaqtlarda jinoyatchilar o’z rejalarini bolalar orqali ham amalga oshirayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi.

Xususan, kuni kecha Pokistonning Lahor shahrida terrorchi-xudkushning o’zini port­latishi oqibatida halok bo’lganlar soni 70 nafardan ortib ketdi, 100 dan ortiq odam jarohatlangan. Politsiya ma`lumotlariga ko’ra, terrorchi portlovchi qurilmani bolalar bog’ida harakatga keltirgan. Bog’da 27 martda nishonlangan Pasxa bayrami munosabati bilan odamlar oilalari bilan birga hordiq chiqarayotgan edi. Shuning uchun ko’plab bolalar va ayollar jabr­langan.

– Bunday jinoyatlar insoniyatning xavfsiz yashashiga xalaqit qiladi, – dedi Pan Gi Mun. – Shu nuqtai nazardan aholini, ayniqsa, ayollar va bolalar terrorchilar nishoniga aylanib qolishining oldini olish lozim.

BMT Bosh Assambleyasi rai­si Mogens Lyukketoftning ta`kidlashicha, terrorchilarning begunoh insonlarni, xususan, bolalarni nishonga olgani insoniy hislatlar batamom yo’qligini ko’rsatmoqda.

– Terrorichlik aktini hech qanday sabab bilan oqlab bo’lmaydi, – deydi u. – Terrorizmning barcha ko’rinishlari milliy hamda xalqaro xavf­sizlikka zarar yetkazuvchi asosiy xavf hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni bir zum bo’lsa-da susaytirib bo’lmaydi.

Xullas, insoniyat bunday sharoitda xushyorlikni har qachongidan oshirishi, do’st kimu dushman kimligini ajrata olishi, g’animlar fitnasiga aldanib, bir qo’g’irchoq kabi yurtdoshi, millatdoshi qotiliga aylanib qolishdan o’zini himoyalashi kerak. Chunki har bir terrorchilik harakati ortida g’arazli maqsadlar, undan manfaatdor kuchlar turgani bugun ayniqsa ochiq-oydin bo’lib qoldi. Shunday ekan, barcha o’z uyini avvalo o’zi asrab-avaylashi lozimligini davr­ning o’zi taqazo etmoqda.

 

Rufat NE`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar