O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O’zbekning Xorazmiylari qayta tug’ilmoqda

  • 1277
  • 1277
Jamiyat
Iyun18/ 2016

Kipr davlati. Protaras shahri. 10-Xalkaro «SEEMOUS – 2016» matematika olimpiadasida­ 20 dan ortiq mamlakatning 43 ta universiteti jamoasi, jami 150 ga yaqin iqtidorli ­talaba to’plangan. Ular orasida ilk bor ishtirok etayotgan O’zbekiston vakillari ham bor.

…Taqdirlash marosimi. Hakamlar oltin medal sohiblarini e`lon qilar ekan, sahnaga o’zbek yoshlari – O’zbekiston Milliy universiteti talabalari Shohruh ­Ibragimov hamda Hakimboy Egamberganovlar chiqib keladi. Mana shu lahzalar 2 ta oltin medal bilan birinchilikni qo’lga kiritgan yurtdoshlarimiz xotirasida butun umrga esda qolarli voqeaga aylandi…

Kichik orzulardan katta maqsadlar sari

 

Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir, degan purma`no hikmatga amal qilgan Shohruh bolaligidanoq ilm cho’qqilarini zabt etishga kirishdi. Uning bugungi muvaffaqiyatlari tirishqoqligi, izlanuvchanligi samarasi, desak, yanglishmaymiz.

– Matematikaga yoshligimdan qiziqqanman, – deydi u. – Hayotimni busiz tasavvur qilishim qiyin. Bolalik kezlarimda, ayni o’yinqaroq vaqtlarimda o’yin-kulgudan voz kechib bo’lsa-da, yangi-yangi masalalar yechishni, misollar ishlashni kanda qilmasdim.

Farzandidagi bu iqtidorni ko’rgan ota-onasi uni Samarqand shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabiga o’qishga berdi. Shu tariqa 2011 yilda ushbu maktab o’quvchisi sifatida Samarqand viloyat olimpiadasida birinchi o’rinni egalladi. Aynan mana shu musobaqa kelgusidagi yutuqlariga poydevor bo’lib xizmat qildi. 2012 yilning noyabr oyida Toshkent shahrida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’rtasida respublika miqyosida bo’lib o’tgan S.Sirojiddinov xotirasiga bag’ishlangan matematika olimpiadasida birinchi o’rinni, 2013-2014 yillar Samarqand viloyat olimpiadasida ikkinchi o’rinni egalladi. Bu yutuqlar o’z navbatida uni 2014 yilning may oyida Bolgariya­ning Pleven shahrida bo’lib o’tgan XXXI xalqaro Balkan matematika olimpiadasi sari yetakladi. Musobaqada ikkinchi o’rinni egallab, kumush medal sohibiga aylangan Shohruh o’z ustida yanada ko’proq ishlay boshladi. Izlanish va sa`y-harakatlar ketma-ket muvafaqqiyatlarni olib kelaverdi.

 

Bilim va mehnat samarasi

 

Qahramonimiz hayotida 2014 yil haqiqatdan katta yutuqlar yili bo’ldi. Iyun oyida Toshkent shahrida matematika bo’yicha Respublika olimpiadasida ikkinchi o’rinni egallab, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga imtiyozli ravishda o’qishga qabul qilindi. Oliygohda ham tinib-tinchimas yosh matematik 2015-2016 o’quv yilida O’zMU stependianti bo’ldi. Bundan yanada ruhlanib, ustozlari bilan birgalikda xalqaro matematika olimpiadasiga astoydil tayorgarlik ko’ra boshladi. Ustozlari bergan bilim va mehnat samarasi 10-Xalqaro «SEEMOUS – 2016» matematika olimpiadasida Shohruhni oltin medal sohibiga aylantirdi.

– Musobaqa shartlariga ko’ra, bir kun davomida 4 tadan masalani yechish talab etildi, – deydi Shohruh Ibragimov. – Masalalar algebra va son nazariyasi, geometriya, matematik analiz va kombinatorika kabi murakkab yechimlarni talab qilardi. Biz talabga mos yechimni topdik. Faqat yechim boshqa jamoalarga nisbatan g’ayrioddiy usulda amalga oshirilgani uchun g’olib deb topildik. Qolgan o’rinlarni Gretsiya, Ruminiya, Buyuk Britaniya jamoalari egalladi. Taqdirlash vaqtida O’zbekiston jamoasi 1-o’rin deb e`lon qilinganda vujudimni allaqanday tuyg’u qamrab oldi. To’g’risi, bunday natija kutmagandik. Buyuk bobolarimizning munosib avlodlari ekanimizni dildan his etib, buyuk ishlarga qodirligimizga ishonchimiz yanada ortdi.

Ma`lumot o’rnida aytish kerakki, mazkur xalqaro olimpiada g’olibi bo’lgan iqtidorli talabalarimiz Kipr Universiteti (University of Cyprus)ga imtiyozli ravishda grant asosida magistratura bosqichiga qabul qilinadi.

– Halqaro musobaqada ko’plab do’stlar orttirdim, – deydi Shohruh. – Ular bilan yaqindan suhbatlasharkanman, yurtimizdagi o’sib kelayotgan avlod uchun hozirlangan bugungi sharoit kamdan-kam davlatdagina mavjud ekaniga amin bo’ldim. Bizda mavjud o’n ikki yillik bepul ta`lim ko’pchilik tengdoshlarimning hayratiga sabab bo’ldi.

 

Yangi asr egalari

 

– Dunyoga dovrug’i ketgan buyuk alloma   Mirzo Ulug’bek bobomiz nomi bilan atalgan Milliy universitetimizda allaqachon matematika ilmiy maktabi yaratilganini ortiqcha izohlashga hojat bo’lmasa kerak, – deydi qahramonimizning ustozi Davlatboy Jumaboyev. – O’tgan asrda bu maktabga Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Sa`di Sirojiddinov kabi akademiklar asos solgan. Bugungi yoshlar esa ularning munosib izdoshlaridir.

 

Zaynura TOShMURODOVA,

O’zMU talabasi

Foydali havolalar