(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Sog’lom millat buyuk ishlarga qodir

  • 1269
  • 1269
Jamiyat
Dekabr18/ 2016

Bugungi kunda mafkuraviy poligonlardagi kurashlar, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm insoniyat uchun katta muammoga aylandi. Ularning domiga tushib qolib, aldanib qolayotganlar safida yurtimiz fuqarolari ham borligi har birimizni yanada ogoh bo’lishga chorlaydi. Toshkent tibbiyot kollejida bo’lib o’tgan seminar davomida bu haqda atroflicha so’z yuritildi.

«Sog’lom millat buyuk ishlarga qodir» mavzusidagi mazkur tadbirda ayni paytda dunyo mamlakatlari xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan yovuz niyatli diniy ekstremistik va terrorchi oqimlar xalqimizning tinch-totuv hayotiga putur yetkazishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarimizni yo’ldan urishga harakat qilayotgani hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi. Shuningdek, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali sa`y-harakatlar, ishlab chiqilayotgan huquqiy hujjatlar xususida ma`lumot berildi.

Seminar so’ngida «Odam virusi yoxud adashganlar qismati» filmi namoyish etilib, uning mazmun-mohiyati yuzasidan o’quvchilarning fikrlari tinglandi.

Hakim YO’LDOShYEV,

«Jamiyat» muxbiri

Teglar: ,

Foydali havolalar